SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Zelenskiy Putinning Istanbulda tinchlik muzokarasi o‘tkazish taklifini qabul qildi
Diplomatik sa’y - harakatlar takror jonlangan bu davrda Zelenskiy Putinni Turkiyada shaxsan kutib qolishini ifoda etar ekan, Putin, muzokaralar uchun Turkiyadan yordam so‘ramoqchi.
Zelenskiy Putinning Istanbulda tinchlik muzokarasi o‘tkazish taklifini qabul qildi
12 май 2025

Ukrayna bilan Rossiya o‘rtasidagi urush davom etar ekan oxirgi kunlarda uni to‘xtatishni ko‘zlagan diplomatik sa’y – harakatlar takror jonlana boshladi. Shu doirada Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy payshanba kuni Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinni Turkiyada shaxsan kutib olishini ma’lum qildi.

Zelenskiy, yakshanba kuni «X» platformasi orqali bergan bayonotida: «Diplomatiya uchun kerakli sharoitni yaratish uchun ertadan boshlab otashkesim butunlay yo‘lga qo‘yilishini istaymiz. Qurbonlar sonini orttirishdan foyda yo‘q. Payshanba kuni Turkiyada Putinni shaxsan kutaman. Umid qilamanki ruslar bu gal bahona izlamaydilar», - dedi.

Zelenskiyning bu bayonotlari, Putin, 15 - maydan e’tiboran Istanbulda Ukraina bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni boshlashga tayyor ekanini o‘z ichiga olgan ifodalari ortidan qayd etildi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp esa yakshanba kuni «X» platformasi orqali bergan bayonotida, Ukrainani bu taklifni qabul qilishga chaqirdi.

«Rossiya Davlat rahbari Putin, Ukraina bilan o‘q uzishni to‘xtatish masalasi ustidan kelishib olmoqchi emas ammo payshanba kuni Turkiyada qon to‘kilishini to‘xtatish uchun muzokara o‘tkazmoqchi. Ukraina buni darhol qabul qilishi zarur. Ukraina, Ikkinchi Jahon urushi g‘alabasini nishonlash bilan ovora bo‘lgan Putin bilan kelishuvga erishishidan shubhalana boshladim. Muzokarani mana hozir o‘tkazing!» - dedi.

Turkiya Putinning taklifini mamnuniyat bilan qarshi oldi

Putin Moskvada uyushtirgan matbuot anjumanida, dushanba kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qilishi va muzokaralarga mezbonlik qilishi uchun Turkiyadan rasmiy ravishda yordam so‘rashini bildirdi. Shuningdek, Rossiyaning hech qanday shartsiz muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.  

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Istanbulda Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralarini takror boshlash haqidagi Putinning bayonotini mamnuniyat bilan qarshi olganini bildirdi. Shu o‘rinda 2022 - yili qolgan joyidan davom etadigan muzokaralarni qo‘llab - quvvatlashidan mamnun ekanini ifoda etdi.

Erdo‘g‘an, Turkiya butunlay tinchlik o‘rnashi uchun muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyor ekanini takrorladi. Istanbulda, 2022 - yilning mart oyida – urush boshlanishidan ko‘p o‘tmay – qurolli to‘qnashuvni to‘xtatish uchun yechim yo‘lini topishni ko‘zda tutgan bir qator uchrashuv bo‘lib o‘tgan ammo urushni to‘xtatish masalasi ustidan hech qanday natija olinmagan.

Uzoq vaqtdan beri urushni to‘xtatishga harakat qilayotgan Erdo‘g‘an, Turkiyaning tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishi va muammoni hal qilish uchun qo‘lidan kelganini qilishga tayyor ekanini bir necha marotaba ta’kidlagan edi.

Turkiya, ham Rossiya hamda Ukraina bilan yaxshi munosabatlarga ega bo‘lish imtiyoziga egadir.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us