Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Suriyada faoliyat yuritayotgan nodavlat guruhlarning boʻlinish va beqarorlashtirishga qaratilgan har qanday sa’y – harakatlari Turkiyaning milliy xavfsizligiga toʻgʻridan - toʻgʻri tahdid sifatida qabul qilinishi va bu borada munosib ravishda javob berishini bildirdi.
Hakan Fidan seshanba kuni salvadorlik hamkasbi Aleksandra Xill bilan poytaxt Anqarada uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida: «Isroil esa, oʻz mintaqasini asta – sekin zaiflashtirib, uni tartibsizlikda ushlab turish siyosatini davom ettirmoqda», - dedi.
Fidan, Isroil, atrofida barqaror davlat ko‘rishni istamagani va shu bois ham Suriyani bo‘lishni ko‘zlayotganini oʻz soʻziga ilova etdi.
Joriy yilning 13 - iyuli kuni Suveyda shahrida badaviy qabilalar bilan qurollangan druzlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Zo‘ravonlik avj oldi va Isroil havodan hujum uyushtira boshladi. Shu doirada Damashqdagi Suriya harbiy pozitsiyalari va infratuzilmasini nishonga oldi.
Isroil mazkur hujumlarni druzlarni himoya qilish niyatida ekani aytib, oqlandi.
Ammo Suriyadagi koʻpchilik druz liderlar har qanday xorijiy aralashuvni ochiq – oydin rad etib, Suriya davlatiga boʻlgan sodoqatini ta’kidladilar.
Avj olgan zoʻravonlikka javob tariqasida Suriya hukumati Suvaydada toʻrtta sulh bitimini e’lon qildi va ularning oxirgisi shanba kuni kuchga kirdi.
Suriyaning yangi hukumati sobiq rejim yetakchisi Bashar al -Asad 2024 - yilning 8 – dekabri kuni hokimiyatdan chetlatilganidan beri butun mamlakat bo‘ylab tartib o‘rnatishga harakat qilmoqda.