Rossiyaning Ukraina chegarasida joylashgan Bryansk viloyatida bir ko‘prikning yo‘lovchi poyezd ustiga qulashi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi. Viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz, Moskva temir yo‘llari ushbu hodisani «transport faoliyatiga noqonuniy aralashuv» deb baholaganini ma’lum qildi.
Bryansk viloyat gubernatori Bogomaz, shanba kuni Telegram orqali bergan bayonotida: «Ko‘prik temir yo‘li ustiga qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi esa tan jarohati oldi. Tan jarohati olganlardan 2 nafari yosh bola. Tan jarohati olganlarning hammasi Bryanskdagi shifoxonaga yetkazildi», - dedi.
Moskva temir yo‘llari, Klimov bilan Moskvani bir – biriga bog‘lagan quruqlik yo‘lida joylashgan ko‘prikning qulashi oqibatida bir poyezdning o‘z yo‘lidan chiqib ketishi va buning transport faoliyatiga noqonuniy aralashuv tufayli yuz berganini ifoda etdi.
Bogomaz favqulodda vaziyat xodimlari va hukumat vakillarining voqea joyida faoliyat olib borgani bildirdi va o‘z so‘zida: «Jabrlanuvchilarga yordam berish uchun kerakli har qanday chora ko‘rilmoqda», - dedi.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining G‘arbiy mintaqalararo transport tergov departamenti ma’lumotiga ko‘ra, inspektorlar voqea joyida tekshiruv ishlari olib bormoqda.