AQSh Prezidenti Donald Tramp Qatar va Misr orqali olib borilayotgan bilvosita muzokaralarda Isroil qamal ostidagi G‘azoda 60 kunlik otashkesim uchun zarur bo‘lgan shartlarni qabul qilganini bildirdi.
Tramp seshanba kuni Truth Social platformasida bergan bayonotida, vakillari oʻsha kunning o‘zida Isroil rasmiylari bilan uzoq davom etgan va samarali yig‘ilish oʻtkazganini ifoda etgan holda: «Isroil urushni to‘xtatish uchun 60 kunlik otashkesim uchun zarur bo‘lgan shartlarni qabul qildi», - dedi.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, yakuniy taklif o‘rtamchilar orqali Hamasga yetkaziladi.
Shuningdek Tramp, «Yaqin Sharq manfaati uchun Hamas ushbu kelishuvni qabul qiladi degan umiddaman, chunki vaziyat bundan yana – da yaxshilanmaydi faqat yomonlashadi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Tramp jurnalistlarga bergan bayonotida, otashkesim kelasi hafta kuchga kirishidan umidvor ekanini ifoda etar ekan Isroil Bosh vazir Binyamin Netenyaxu bilan Vashingtonda uchrashuv o‘tkazsihini ham tasdiqladi. Ularning G‘azo va Eron mavzularini qo‘lga olishi rejalashtirilmoqda.
Netanyaxuni nazarda tutgan holda: «U bu yerga keladi. Ko‘p narsa haqida gaplashamiz», - degan Tramp; «Erondagi katta muvaffaqiyatimizni muhokama qilamiz. G‘azoni ham gaplashamiz», - deya gapirdi.
Isroilning G‘azodagi genotsidi
Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoda genotsid uyushtirmoqda.
Falastinliklar, 56 ming 600 nafardan ortiq falastinlik jon berganini ma’lum qildi. Ular orasida asosan ayollar bilan yosh bolalar borligi aniqlandi.
Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yiqilgan uylar ostida 11 ming nafarga yaqin falastinlik ko‘milib ketgani taxmin qilinmoqda.
Ammo ekspertlarning fikricha qurbonlarning aniq soni G‘azo rasmiylari xabar qilganidan ancha ko‘p yoki yuqori, ya’ni 200 ming nafar atrofida.
Vashington anchadan beri ittifoqchisi bo‘lib kelgan Isroilga har yili 3,8 milliard dollar harbiy mablag‘ ajratib keladi.
2023 - yilning oktabr oyidan beri AQSh Isroilning G‘azodagi genotsidi va qo‘shni davlatlardagi urushlarini qo‘llab - quvvatlash uchun 22 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi.
AQShning yuqori martabali rasmiylari, G‘azoda tinch aholi qurbonlari sonining ko‘pligi tufayli Isroilni tanqid qilishiga qaramay, Vashington shu paytgacha qurol - yarog‘ uzatishga shart qo‘yish chaqiriqlariga qarshilik ko‘rsatmoqda.