TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an eksportdagi o‘sish o‘tgan yili bo‘lganidek bu yil ham davom etishini qayd etdi
Prezident Erdo‘g‘an o‘rta muddatli dastur Turkiyaning tashqi manbalarga qaramligini kamaytirib, strukturaviy mustahkamligini oshirgani va zaifliklarini minimal darajaga tushirganini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an eksportdagi o‘sish o‘tgan yili bo‘lganidek bu yil ham davom etishini qayd etdi
1 июл 2025

Prezident Rejep Tayyip Erdogan, 2024 - yil Turkiya uchun muhim yutuqlarga boy yil bolganini bildirdi. Prezident, Turkiya Eksportchilar assambleyasi tomonidan uyushtirilgan tadbirlardan birida sozlagan nutqida, otgan yilgi eksport hajmlariga e’tibor qaratdi.

Nomi tilga olingan assambleya tomonidan dushanba kuni berilgan bayonotda, 2024 - yili 10 ta kompaniya eng kop eksport qilganlar qatoridan o‘rin olganini bildirdi.

Prezident Erdogan Turkiyaning sarmoya, bandlik, ishlab chiqarish va eksportga qaratilgan osish strategiyasi tufayli 2024 - yili iqtisodiyot 3,2 foiz osgani va bu sur’at 2025 - yili ham davom etishini ta’kidladi.

Turkiya iqtisodiyoti 2025 - yilning birinchi choragida otgan yilga nisbatan 2 foiz osganligi va bu mamlakatning uzluksiz osish seriyasining 19 - choragi ekanini yodga soldi.

Uning ta’kidlashicha, o‘rta muddatli dastur Turkiyaning tashqi manbalarga qaramligini kamaytirib, strukturaviy mustahkamligini oshirgan va zaifliklarini minimal darajaga tushirgan.

Oxirgi uch oyda qayd etilgan muammoga qaramay dastur buzilmay, ozining mustahkamligi va ishonchini saqlab qolgan.

May oyi boshidan beri Turkiyaning zaxiralari yana kopaya boshlagan.

Turkiyaning risk premiyasi pasaygani va turk lirasiga ishonch ortganini ifoda etdi.

2024 - yil eksport sohasida rekord qayd etilganini ifoda etgan Erdo‘g‘an: «2024 – yilda 262 milliard dollarlik eksport bilan rekord o‘rnatdik. Global eksportdan biz olgan ulushni 1.07 foizga oshirdik. Oʻtgan yili 1 milliard dollar va undan ortiq eksport qiluvchi kompaniyalar soni 18 taga; 100 million dollar va undan ortiq eksport qiluvchi kompaniyalar soni esa 302 taga yetdi», - dedi.

Mamlakatning 2025 - yili ham xuddi shu sur’atda o‘sishda davom etishini va may oyida eksport hajmi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 2,7 foizga oshib 24,8 milliard dollarga yetgani; bu respublika tarixidagi eng yuqori oylik eksport ekanini ifoda etdi.

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us