DUNYO
1 daqiqa o'qish
Xitoyda qayd etilgan yong‘in 20 kishi umriga zomin bo‘ldi
Xitoy shimolida joylashgan qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘in, 20 kishi umriga zomin bo‘ldi.
Xitoyda qayd etilgan yong‘in 20 kishi umriga zomin bo‘ldi
/ TRT World
9 апрел 2025

Xitoy milliy axborot agentligi «Xinhua» xabarlariga ko‘ra, mamlakatning shimoliy qismida joylashgan qariyalar uyida yong‘in so‘dir bo‘lgan. Voqea oqibatida esa yigirma (20) kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

«Xinhua» axborot agentligining mahalliy hokimiyat vakillari bergan bayonotiga tayanib tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra yong‘in, kecha, 8 - aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da Xebey provinsiyasining Chengde shahrida qayd etilgan.

Yong‘in yuzasidan bino ichidagi insonlar, yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazib borilgan. Ular salomatligini kuzatish va davolash ishlari ham olib borilayotganini ifoda etgan «Xinhua», aniq necha kishi evakuatsiya qilingani haqida hali hanuz hech qanday ma’lumot bermadi.

Mutaxassislar yong‘in sabablarini aniqlash uchun qariyalar uyiga yuborilgani ifoda etilmoqda.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us