Turkiya Respublikasi Prezidenti Erdo‘g‘an, «Turk asri» loyihasi doirasida mamlakatni «dunyoda yashash uchun eng qulay va tabiiy resurslar eng samarali foydalaniladigan» davlatga aylantirish niyatida ekanini qayd etdi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, kelajak avlodlar yashashi uchun yana da qulay bir muhit yaratishga chaqirib, oxirgi yillarda yuz bergan global isish, cho‘llanish, ayrim hayvon turlarining ommaviy ravishda yo‘q bo‘lib ketishi va boshqa ofatlar insoniyatning tabiatga nisbatan shafqatsizligiga qarshi tabitning himoyasi ekanini ta’kidladi.
Prezident Erdo‘g‘an, 5 - iyun kuni nishonlangan Butunjahon atrof – muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan, «Tabiatning tili jimjirt lekin u muhim narsa haqida gapirmoqchi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Butunjahon atrof – muhitni muhofaza qilish kuni 1972 - yili e’lon qilindi va har yili turli mavzu va mezbon mamlakat bilan nishonlanmoqda. Joriy 2025 - yil uchun mavzu «Bizning yer, bizning kelajagimiz. Biz #avlodniqaytatiklaymiz» (#GenerationRestoration) deb belgilab olindi va tuproqni qayta tiklash, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka chidashga urg‘u berildi. Bu yilgi tadbirlarga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi.
Bu yil asosiy e’tibor tuproqni qayta tiklashga qaratilmoqda. Butun dunyoda 2 milliard gektardan ortiq yer degradatsiyaga uchragan va bu 3,2 milliard insonga ziyon yetkazmoqda. Har yili 24 milliard tonna unumdor tuproq yo‘qolmoqdi.
Turkiya asri
Prezident Erdo‘g‘an o‘z maktubida Butunjahon atrof – muhitni muhofaza qilish kunining kelajak avlodlar uchun yanada yashil va barqaror dunyo qurish chaqirig‘i ekanini ta’kidladi.
«Biz yashil dunyo, yanada barqaror hayot va kelajak avlodlar uchun yashash uchun qulay muhit yaratish mas’uliyatimiz bor. Hech kim bu mas’uliyatni birovning yelkasiga yuklab bo‘lmaydi va hech kim o‘z burchlarini bajarishdan qochib qutula olmaydi. Biz yashayotgan davr atrof -muhitga ta’siri insoniyat tarixida eng yuqori darajaga yetgan bir davrdir», - degan Erdo‘g‘an, Turkiya tabiatni muhofaza qilgan va yashil energiya, nol chiqindi va tabiyat do‘sti shaharlashma siyosatlarini yo‘lga qo‘yishuchun keng ko‘lamli qadamlar tashlaganini ifoda etdi.
Erdo‘g‘an, «Turog‘imizni, suvimizni, havomiz va o‘rmonlarimizni kelajak avlodlar uchun meros emas, omonat sifatida ko‘ramiz. Bu ishonch talablarini bajarish eng asosiy burchlarimizdan biridir. Shunday ekan, bu muhim kunda, farzandlarimizga yanada toza tabiat qoldirish uchun tabiat bilan munosib turmush madaniyatini shakllantirishimiz shartdir», - dedi.
Prezidenti Erdo‘g‘an «Turk asri» loyihasi doirasida mamlakatni «dunyoda yashash uchun eng qulay va tabiiy resurslar eng samarali foydalaniladigan» davlatga aylantirish niyatida ekanini qayd etdi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an shuningdek energiya samaradorligi, chiqindilarni boshqarish, tabiatni muhofaza qilish va ekologik toza iste’mol odatlari haqida ogohlikka chaqirdi.
Birinchi xonimning yetakchilik roli
Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an «Nol chiqindi» loyihasi va tegishli tashabbuslar orqali ekologik barqarorlikni qo‘llab - quvvatlashga qaratilgan sa’y - harakatlarga yetakchilik qilmoqda.
Ayni vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Nol chiqindi» boʻyicha yuqori darajadagi maslahat kengashi raisi ham Emine Erdo‘gʻan chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlashni targʻib qilish va atrof - muhit ongini oshirish kabi mavzularga e’tibor qaratgan holda aylanma iqtisodiyot yaratish va iqlim inqiroziga qarshi kurashishni rejalashtirmoqda.
Emine Erdo‘g‘an rahbarligida 2017 - yili yo‘lga qo‘yilgan Turkiyaning «Nol chiqindi» tashabbusi bilan 552 million daraxtning kesilishining oldi olindi, 150 million tonna issiqxona gazi chiqindilarining oldi olindi va 1,7 trillion kub metr suv tejaldi.
Ushbu tashabbus doirasida 74 million tonnadan ortiq chiqindi qayta ishlanib, 256 milliard lira (6,7 milliard dollar) iqtisodiy tejamkorlikka erishildi.