SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Tramp Putinni o‘q uzishni to‘xtatishga va Ukraina bilan kelishib olishga chaqirdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Vatikanda Ukraina va Rossiya Prezidentlari bilan alohida - alohida uchrashuv o‘tkazdi.
Tramp Putinni o‘q uzishni to‘xtatishga va Ukraina bilan kelishib olishga chaqirdi
28 апрел 2025

AQSh Prezidenti Donald Tramp Vatikada Ukraina Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ortidan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan ham uchrashdi. Unda Putinni o‘q uzishni to‘xtatishga va Ukraina bilan kelishib olishga chaqirdi

Tramp, inauguratsiya marosimi oldidan Rossiya - Ukraina urushini bir kun ichida to‘xtata olishini iddao etgandi ammo o‘z vazifasini boshlaganidan keyin urushni to‘xtatish uchun boshlatgan diplomatik tashabbuslar haligacha hech qanday natija bermadi.

Yakshanba kuni Tramp Rimda papa Fransiskoning janoza marosimida ishtirok etdi. U yerdan Vashingtonga qaytar chog‘ida «Morristown» aeroportida «Air Forse One» samolyotiga o‘tirishidan oldin jurnalistlarning Ukrainadagi urush haqida bergan savollariga javob berdi. O‘z so‘zida Putinni nazarda tutgan holda, «Uning o‘q uzishni to‘xtatib, kelishuvga erishishini istayman», - dedi.

Tramp shuningdek, «Qanday shartlarda kelishuvga erishilishi ma’lum. Shunday ekan uning buni imzolashini istayman va hatto imzolashiga ham ishonchim komil», - dedi. Iddao etilishicha nazarda tutilgan kelishuv, AQShning Ukrainada 3 yildan beri davom etgan urushni to‘xtatishni ko‘zda tutgan tinchlik rejasi bo‘lishi mumkin.

Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Rim papasi Fransiskoning janoza marosimida uchrashuv o‘tkazdi. Bu, ikkala liderning joriy yilning fevral oyida Oq uyda bo‘lib o‘tgan va muvaffaqiyatsiz tamomlangan uchrashuvidan keyingi ilk uchrashuvdir.

Avliyo Pyotr Bazilikasida uzoq davom etmagan uchrashuv ortidan Tramp, Putinning Ukraina sharqidagi katta hududlarni vayron qilish va o‘n minglab inson umriga zomin bo‘lgan urushni to‘xtatish niyatidan shubhada ekanini ifoda etdi.

Yakshanba kuni shuningdek, 2014 - yili Rossiya tomonidan anneksiya qilib olingan Qora dengiz yarimorolidagi Qrim haqida berilgan savolga Tramp: «Ha, menimcha shunday!» - degan holda Zelenskiyning nomi tilga olingan tuproqlardan voz kechishga tayyor ekaniga e’tibor qaratdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us