TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Turkiya Insonsiz havo transportlari borasida dunyoning eng yirik uch davlaltidan biridir
Erdo‘g‘an TEKNOFEST tadbirida Turkiyaning Insonsiz havo transportlari borasida dunyoning eng yirik uch davlaltidan biri ekanini ma’lum qildi.
Erdo‘g‘an: Turkiya Insonsiz havo transportlari borasida dunyoning eng yirik uch davlaltidan biridir
4 май 2025

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha 3 - may haftaning shanba kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasi poytaxti Lefkosha shahrida uyushtirilgan TEKNOFEST tadbirining mukofotlarni topshirish marosimida nutq so‘zladi. Unda, Turkiyaning insonsiz havo transporti texnologiyasida dunyoning eng yirik uchta davlati orasidan joy olganini ma’lum qildi.

Bu sohada qat’iy qaror va katta hayajon bilan shaxdam qadamlar tashlashni davom etishlarini ta’kidladi.

Erdog‘an kelajakka bolgan ishonchini ifoda etgan holda: «TEKNOFEST yoshlari ShKTRda yo‘lga qo‘yilyotgan loyihalar va strategik tashabbuslarimiz yordamida bu yerda asrlar davomida o‘z o‘rnini saqlab qoladi», - dedi.

Erdog‘an: «Biz turk millati va Kipr turklari sifatida bu tuproqlarning egasimiz. Buni bilmaganlar bilib qo‘ysin, eshitmaganlar eshitib olsin», - degan holda Turkiyaning Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) bilan bolgan kuchli aloqalariga yana bir bor e’tibor qaratdi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar esa Turkiyaning mudofaa sanoatidagi yutuqlariga maqtov yog‘dirib, Turkiyaning milliy mudofaa sanoatidagi oxirgi yutuqlari ortidagi tashkilotlar Turk dunyosining faxri ekanini qayd etdi.

Turkiyaning yetakchi texnologiya, aviatsiya va kosmos tadbiri hisoblangan TEKNOFESTning songgi bosqichi ShKTRda bo‘lib o‘tdi va Lefkoshada minglab kishiga quchoq ochdi. Tort kun davom etgan tadbirning birinchi kunida taxminan 62.000 nafar inson tashrif buyurdi.

Turk Texnologiya Jamoasi (T3) jamg‘armasi bilan Turkiya sanoat va texnologiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan TEKNOFEST 2018 - yildan beri har yili onlab davlat idorasi, xususiy tarmoq hamkorlari va universitet komagi bilan otkazilmoqda.

Tadbir odatda juft yillarda Turkiyaning turli shaharlarida, toq yillarda esa Istanbulda otkazilar ekan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Ozarbayjondan keyin TEKNOFESTga mezbonlik qilgan Turkiyadan tashqaridagi ikkinchi davlat sifatida qayd etildi.

Nomi tilga olingan tadbir o‘tgan 2024 - yili Turkiya janubidagi Adana shahrida uyushtirildi va unga taxminan 1,1 million nafar inson tashrif buyurgan edi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us