TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Anqara: Suriya siyosatidagi o‘zgarish va sanksiyalarning bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlash zarur
Tashqi Ishlar vazirligi mintaqaviy barqarorlik, terrorizmga qarshi kurash va Damashq bilan yangi hamkorlik masalasida Turkiyaning yo‘l xaritasini taqdim etdi.
Anqara: Suriya siyosatidagi o‘zgarish va sanksiyalarning bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlash zarur
1 май 2025

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi, Suriyada Bashar Asad rejimining qulashi ortidan boshlangan va mamlakat tarixidagi «yangi davr» sifatida qayd etilgan jarayonda Suriyaning siyosiy o‘tish davri va qayta qurilishi uchun mintaqaviy va xalqaro miqyosda yana – da ko‘proq yordam ko‘rsatilishini zarurligini ta’kidladi. Hatto bu borada keng ko‘lamli bayonot ham berdi.

Payshanba kuni berilgan bayonotda Suriya xalqi 14 yillik mojarodan keyingi jarohatlarini yengib o‘tishga intilayotgani va siyosiy kelajagini ham o‘zlari shakllantishi shartligi ta’kidlandi.

Anqara, Suriyaning mintaqaviy va global diplomatiyaga qayta qo‘shilish yo‘lidagi so‘nggi qadamlari qo‘llab - quvvatlanishi kerakligini ta’kidladi. Davom etayotgan izolyatsiya bilan sanksiyalar nozik barqarorlikni xavf ostiga qo‘yishi mumkinligi borasida mintaqa bilan xalqaro hamjamiyatni ogohlantirdi. Bunga qo‘shimcha ravishda yana – da keng ko‘lamli diplomatik va iqtisodiy hamkorlik, jumladan sanksiyalarni bekor qilish, mamlakatda butunlay tinchlik o‘nashi uchun alohida o‘ringa ega ekani ta’kidlandi.  

Turkiya buni ham insoniy ham strategik zarurat sifatida baholab, beqarorsizlik xavfini bartaraf etishning yagona yo‘li ko‘proq qo‘llab - quvvatlash va chuqurroq ishtirok ekanini ifoda etdi.

Yangi Suriya uchun konstitutsiya tengligi kafolatlanishi kerak

Turkiya, Suriya kelajagi keng ko‘lamli boshqaruv asosida qurilishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, yangi Suriya konstitutsiyasi barcha etnik va diniy guruhlar uchun teng huquqlarni himoya qilishi zarurligini ifoda etdi.

Tashqi Ishlar vazirligi suriyaliklarning oz shaxsiyatlari yoki e’tiqodlarini ifodalash erkinliklarini cheklaydigan har qanday tuzilishga qarshi ekani va tengsizlikni institutlashtirishga qaratilgan har qanday tashabbus qat’iy rad etilishini ma’lum qildi.

Bayonotda, Turkiyaning PKK va u bilan aloqasi bor guruhlarga nisbatan qanday munosabatda ekani takrorlandi. Anqara, Suriya hukumatiga ozining xavfsizlik muammolarini hal qilishi uchun imkon berganini qayd etar ekan, ayni vaqtda, terror bilan aloqasi bor unsurlar yoq qilinmagudek bo‘lsa unda muqobil choralar korib chiqilishi mumkinligini bildirdi.

PKKning qurolsizlanishi va normallashuv sa’y - harakatlariga tosqinlik qilishni bas qilishi talab qilindi. Turkiya, Suriya mustaqilligini zaiflashtiradigan yoki markaziy davlatdan tashqari qurollangan guruhlarni qonuniylashtiruvchi har qanday tashabbusni qabul qilmasligini ochiq – oydin ma’lum qildi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us