DUNYO
2 daqiqa o'qish
Kurskdagi Rossiya Harbiy - dengiz kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari o‘ldirildi
Rasmiylar, Mixail Gudkov xizmat ustida o‘z hamkasblaridan biri birgalikda vafot etganini ma'lum qildi.
Kurskdagi Rossiya Harbiy - dengiz kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari o‘ldirildi
6 соат олдин

TASS axborot agentligi Rossiya Mudofaa vazirligining Rossiya Harbiy - dengiz kuchlari qo‘mondoni orinbosari general - mayor Mixail Gudkovning mamlakatning Kursk viloyati chegarasida halok bolganini tasdiqladi.

Primorye gubernatori Oleg Kojemyako ham Rossiya Harbiy - dengiz kuchlari qomondoni orinbosari Mixail Gudkovning Kurskda halok bolganini qayd etdi.

Kojemyako Kursk viloyatida payshanba kuni halok bolganlarning oilalari, yaqinlarii do‘stlari va harbiy safdoshlariga hamdardlik bildirdi.

Kojemyakoning sozlariga kora, Gudkov bir ofitser sifatida oz burchini bajarish chogida oz safdoshlari bilan birga halok bo‘lgan.

“Uning sodiq safdoshlaridan biri va dostimiz Nariman Shixaliyev ham qomondon bilan birga halok boldi”, - dedi Primorye rahbari.

Reuters xabariga ko‘ra norasmiy Rossiya bilan Ukrainaning harbiy Telegram kanallari, Gudkovning Ukraina chegarasidagi Kursk viloyatida Korenevo qomondonlik punktiga qarshi uyushtirilgan hujumda Ukraina hujumida yana 10 nafar harbiy bilan birga halok bolganini xabar qilgandi.

Gudkov, Ukraina tomonidan oldirilgan eng oliy darajali rus harbiy rasmiylaridan biri sifatida qayd etildi.

Gudkov, Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarda korsatgan jasorati uchun mukofotlangan va Kiyev tomonidan urush jinoyatlarida ayblangan edi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mart oyida uni Harbiy - dengiz kuchlari Bosh qomondoni orinbosari etib tayinlagan edi, deb xabar beradi Kremlning rasmiy veb-sayti.

Gudkov Kurska urushgan Rossiyaning Tinch okeani flotiga qarashli dengiz piyodalari brigadasini boshqargandi.

Kurskning ayrim hududlari 2024 - yilning avgust oyida ukrainalik kuchlar tomonidan kutilmagan hujumda egallab olingan edi, Ammo Rossiya bu yil boshida ularni qaytarib olganini ma’lum qilgan.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us