TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Ukraina - Rossiya muzokarasiga mezbonlik qilishga tayyor
Prezident Erdo‘g‘an Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari natija topishi uchun fransuz va rus liderlari bilan alohida - alohida muloqot qildi. Unda, tinchlikni tiklash jarayonidagi tarixiy burilish nuqtasini ta'kidlab o‘tdi.
Turkiya Ukraina - Rossiya muzokarasiga mezbonlik qilishga tayyor
11 май 2025

Turkiya, Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida butunlay tinchlik o‘rnashi uchun muzokaralarga o‘rtamchilik qilish doxil har qanday yordamni berishga tayyor. Bu haqida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotida ma’lum qildi.

Prezident Erdo‘g‘an yuqorida qayd etilgan muloqoti chog‘ida Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatish sa’y - harakatlarida tarixiy burilish nuqtasiga erishilganini ifoda etdi va tinchlik uchun bu imkoniyatdan foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Erdo‘g‘an, «Turkiya butunlay tinchlik o‘rnashi uchun muzokaralarga o‘rtamchilik qilish doxil har qanday yordamni berishga tayyor», - dedi.

Erdo‘g‘an shuningdek, uzoq muddatli tinchlik muzokaralarini boshlatish va urushdan keyin Ukrainani qayta qurish jarayoniga ko‘maklashish borasida Fransiya bilan hamkorlik qilishni davom ettirishning ahamiyatini ham ta’kidlab o‘tdi.

Liderlar, ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlarni ham qo‘lga oldi.

Prezident Erdo‘g‘anning Putin bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqoti

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an bugun Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Erdo‘g‘an unda Vladimir Putinga, Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari Istanbulda qolgan joyidan davom etishini o‘z ichiga olgan bayonotni eshitishdan xursand ekanini bildirdi.

Erdo‘g‘an Putinga shuningdek, Turkiya, Ukraina urushi butunlay to‘xtashi uchun muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyor ekanini ytkazdi.

Telefon orqali bo‘lib o‘tgan ushbu muloqoti Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Moskvada yarim kechasi uyushtirgan matbuot anjumani ortidan amalga oshirildi.

Putin, payshanba kunidan e’tiboran Moskva bilan Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tinchlik muzokaralarini Istanbulda qayta boshlashni taklif qilgandi.

Uzoq vaqtdan beri urushni to‘xtatishga harakat qilayotgan Erdo‘g‘an, Turkiya, tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishi va muzokaralar natija topishi uchun qo‘lidan kelgan har qanday yordamni berishga tayyor ekanini takror – takror ifoda etgandi.

Turkiya, ham Rossiya hamda Ukraina bilan yaxshi munosabatlarga ega bo‘lish imtiyoziga egadir.

Bu taklifga javoban Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy «X» platformasi orqali bergan bayonotida, Moskva dushanba kunidan e’tiboran Ukrainada o‘q uzishni butunlay to‘xtatish shartini qabul qilgudek bo‘lsa unda Rossiya bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us