Turkiyada epitsentri Istanbulning Silivri tumani ekani aniqlangan 6.2 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Bu haqida Turkiya Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan ma’lumot berildi.
Ushbu ma’lumotga koʻra voqea bugun, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da (0949 GMT) sodir boʻldi. Butun Istanbul hamda qoʻshni viloyatlarda kuchli ravishda his qilingan yer silkinishi, yurtdoshlarning qorquv bilan binolardan chiqishga yoʻl ochdi.
Ikkinchi yer silkinishi esa mahalliy vaqt bilan soat 13:02 da (10:02 GMT) Marmara dengizining Buyukchekmeje sohilidan uzoq nuqtada qayd etildi va hajmi 4.9 magnitudali ekani aniqlandi.
Turkiya Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) mavzu haqidagi bayonotida shuningdek, tegishli barcha tashkilotlar bilan tezkor guruhlar safarbar qilingani, voqeadan ziyon koʻrgan har qanday nuqtaning aniqlanishi va jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun kerakli choralar koʻrila boshlanganini ma’lum qildi.
Boshqarma, vaziyat faol ravishda kuzatilayotgani va kerakli choralarni koʻrish uchun xodimlar muvofiqlashgan holda ish olib borayotganini ifoda etdi.
Hozircha qurbonlar yoki jiddiy ziyon koʻrganlar bor yoki yoʻqligi haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan mavzu haqida bergan bayonotida, «Oʻtib ketgani rost boʻlsin. Kun tartibini yaqindan kuzatyapmiz», - dedi.