DUNYO
2 daqiqa o'qish
UNICEF G‘azoda Isroil yo‘l ochgan ochlikka alohida e’tibor qaratdi
UNICEF, har qanday yordam Gʻazodagi muhtoj oilalarga bemalol yetkazib berilishi uchun BMTga ruxsat berilishi zarurligini ta’kidladi.
UNICEF G‘azoda Isroil yo‘l ochgan ochlikka alohida e’tibor qaratdi
бир кун олдин

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi UNICEF qamal ostidagi Gʻazoda tobora chuqurlashib borayotgan ochlik inqiroziga alohida e’tibor qaratib, voqeani, «inson qo‘li bilan yaratilgan falokat» deb baholadi. Tashkilotning qayd etishicha, Isroil tomonidan yordam yetkazib berish ishlari to‘xtatilishi oqibatida mintaqadagi bolalar to‘yib ovqatlanmayapdi.

UNICEF dushanba kuni X platformasi orqali bergan bayonotida: «Gʻazoda ochlik avj oldi, oziq – ovqat esa umuman yetishmayapdi. Toza suv tanqis, hatto, tugash arafasida. Eng yomoni ochlik yuzasidan insonlar o‘lmoqda. Insonparvarlik yordamlari cheklangan va qo‘lda boriga erishish esa xavfli. Shunday ekan yetar endi, har qanday yordam Gʻazodagi muhtoj oilalarga bemalol yetkazib berilishi uchun BMTga ruxsat berilsin. Gʻazodagi ochlik bolalar bilan oilalar uchun dahshatli haqiqatga aylandi», - degan holda Isroil qamali ostidagi kundalik hayot og‘ir ekanini ta’kidladi.

Qatliom o‘rtasida ochlik

UNICEF o‘z so‘zida, «Qamal ostidagi hududda ochlik avj olar ekan oqibati haligacha jon olmoqda». – der ekan oxirgi 24 soat ichida ochlik yuzasidan kamida 18 kishi vafot etganini ma’lum qildi. Bunga qo‘shimcha ravishda to‘xtamay mintaqaning bombardimon qilinishi, tinch aholi hayotiga qay darajada salbiy ta’sir ko‘rsatayotganiga alohida toʻxtaldi.  

Isroil shu paytgacha Gʻazoda, ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat falastinlik 59 ming nafar inson umriga zomin bo‘ldi.

Falastin rasmiy axborot agentligi WAFA xabariga ko‘ra, taxminan 11 ming nafarga yaqin falastinlik vayron bo‘lgan uylar ostida qolib ketgan.

Ammo mutaxassislar qurbonlar soni gʻazolik rasmiylar bergan statistikaga qaraganda ancha ko‘proq, hatto 200 ming nafar bo‘lishi mumkinligini ifoda etmoqda.

Qatliom davomida Isroil qamal ostidagi hududning yirik qismini vayron qildi va deyarli butun aholi o‘z uy – joyidan mahrum bo‘ldi.

Bundan tashqari, hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan insonparvarlik yordami yo‘li to‘sib qo‘yildi va faqatgina BMT yordamiga monelik qilish niyatida tashkil etilgan va «o‘lim tuzog‘i» deb ta’riflangan AQShning mubohasali guruhiga ruxsat berildi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us