DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rus olimlar Kamchatkadagi yer silkinishi bilan vulqon otilishi o‘rtasidagi aloqaga e’tibor qaratdi
«Krasheninnikov» vulqonining qariyb 600 yildan keyingi birinchi potlashi, o‘tgan hafta Rossiyaning Uzoq Sharq hududida sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Rus olimlar Kamchatkadagi yer silkinishi bilan vulqon otilishi o‘rtasidagi aloqaga e’tibor qaratdi
4 август 2025

Kamchatkadagi «Krasheninnikov» vulqonining 600 yildan keyingi birinchi portlahi, o‘tgan hafta Rossiyaning Uzoq Sharq hududida sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqida yakshanba kuni Rossiyaning «RIA Novosti» davlat axborot agentligi va rus olimlari ma’lumot bo‘lishdi.

RIA agentligi Kamchatka vulqon otilishiga qarshi kurash guruhi rahbari Olga Girina bergan ma’lumotga tayangan holda: «Bu, Krasheninnikov vulqonining so‘nggi 600 yil ichida tarixiy manbalar bilan qayd etilgan birinchi portlashi hisoblanadi» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Girina, Krasheninnikov portlashini, chorshanba kuni qayd etilgan va Fransiya Polineziyasi bilan Chiligacha bo‘lgan hududlarda tsunami xavfi e’lon qilinishiga sabab bo‘lgan yer silkinishining Kamchatka yarimorolidagi eng faol vulqon Klyuchevskoy otilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ifoda etdi.

Vulkanologiya va seysmologiya institutining Telegram - kanalida Girina, Krasheninnikovning so‘nggi lava oqimi 1463 - yili (ortiqcha yoki minus 40 yilda) sodir bo‘lganini va shundan beri hech qanday otilish qayd etilmaganini bildirdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kamchatka vakili, vulqon otilishidan keyin 6000 metr (3,7 milya) gacha koʻtarilgan kul buluti kuzatilganini bildirdi.

Krasheninnikov vulqonining balandligi 1856 metr.

Rus vazirligining Telegramdagi xabarida: «Kul buluti sharq tomon, Tinch okeani tomon surildi. Uning yo‘lida aholi punktlari yo‘qdir», — deyildi

Vazirlik bayonotida, shuningdek, vulqon otilishi ortidan samolyotlar uchun yuqori darajali xavfli degan ma’noni anglatuvchi to‘q sariq rangli aviatsiya kodi tayinlangani qayd etildi.

 

 

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us