IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Suriya Turkiyadan elektr energiyasi import qilmoqchi
Suriya Turkiyadan elektr energiyasi import qilmoqchi va buning uchun yaqinda ikki mamlakat o‘rtasida shartnoma imzolanadi.
Suriya Turkiyadan elektr energiyasi import qilmoqchi
5 май 2025

Suriya yaqinda ikki mamlakat o‘rtasidagi 400 kilovoltlik uzatish liniyasi orqali Turkiyadan elektr energiyasi import qilmoqchi. Bu haqida Suriya davlat axborot agentligi ma’lumot bo‘lishdi.

Axborot agentligining mamlakatning Energetika vaziri Muhammad al - Bashirga tayanib bergan xabariga ko‘ra Suriya shuningdek Turkiyaning chegara shahri Kilis bilan Suriyaning shimoliy shahri Halab o‘rtasida tabiiy gaz quvuri o‘rnatish ustida ish olib bormoqda.

Al – Bashir mavzu haqida, «Quvur liniyasi Suriyadagi elektr stansiyalariga kuniga 6 million kub metr gaz yetkazib berishni ta’minlaydi va bu mamlakatning energetika holatini yaxshilashga hissa qo‘shadi», -  dedi.

Turkiyaning uzoq vaqtdan beri Suriyani qo‘llab – quvvatlab kelganiga maqtov yog‘dirgan suriyalik vazir, Turkiyaning so‘nggi paytlarda Suriya shimoliga elektr energiyasi yetkazib berishga harakat qilganini ta’kidladi.

Vazir, Turkiyaning Rayhonli va Suriyaning Haram hududlari o‘rtasida yangi uzatish liniyasi uchun tayyorgarlik ko‘rilayotgani va tender jarayoni tamomlanganida taxminan 80 megavatt elektr energiyasi Suriya shimoliga yetkazilishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 Chet el investitsiyalarini jalb qilish

Al - Bashir shanba kuni bergan bayonotida, Suriya qidiruv ishlaridan konchilikkacha bo‘lgan energetika tarmog‘ida xorijiy investitsiyalar izlayotgani va Turk kompaniyalarining mamlakatning urushdan keyingi qayta qurish ishlarida ishtirok etishini mamnuniyat bilan qarshi olishini qayd etdi.

O‘z so‘zida shuningdek: «Suriya energetika tarmog‘ining har bir sohasida investitsiyalarga ochiqdir. Bular orasida neft va gaz tarmog‘ida qidiruv, burg‘ulash ishlari, tozalash va uzatish imkoniyatlari bilan birga elektr liniyalari bilan inshootlarini qayta tiklash, neftni qayta ishlash zavodlarini qayta qurish va konchilik faoliyatlari ham mavjud». – dedi.

Dengizdagi gazni qidirish bo‘yicha hamkorlik

Suriyaning neft va tabiiy gaz tarmog‘ida bir qator investitsiya loyihalarini boshlashga tayyorlanayotganini qayd etgan Al - Bashir, fosfat va litiyga e’tibor qaratib, mamlakatning konchilik tarmog‘ini rivojlantirish rejalarini ham ta’kidladi.

Muzokaralar davomida Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktarning ochiq dengizda tabiiy gaz qidirish taklifini yodga solgan Al - Bashir, ikki mamlakat keng ko‘lamli energetika hamkorligi uchun asosiy kelishuv imzolashini ifoda etdi.

Suriyaning energetika infratuzilmasi o‘n yildan ortiq davom etayotgan ichki urush tufayli vayron bo‘ldi va neft inshoootlari, energiya stansiyalari va uzatish liniyalari ancha ziyon ko‘rdi.

Bir paytlar Sharqiy O‘rta yer dengizning eng yirik neft va tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Suriyada ishlab chiqarish bugungi kunda pasaydi. AQSh Energetika vazirligiga ko‘ra neft ishlab chiqarish kuniga 383 ming barreldan, tabiiy gaz ishlab chiqarish esa kuniga 316 million fut kubdan ancha kamaydi.

Eksportning to‘xtashi orqali hukumatning muhim daromad manbasi ham sezilarli darajada quridi. Turkiya 2017 - yildan beri Suriyaning shimoliy hududlariga elektr energiyasi va yoqilg‘i yetkazib bermoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us