DUNYO
3 daqiqa o'qish
Tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlari Sudanda yana hujumlar boshlatdi
Tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlari Sudanning sharqiy va janubiy hududlarida yana hujumlar boshlatdi.
Tezkor qo‘llab - quvvatlash kuchlari Sudanda yana hujumlar boshlatdi
8 май 2025

Armiyaga a’zo manbalardan biri bergan ma’lumotga ko‘ra Sudanning sharqiy va janubiy qismlarida armiya nazoratidagi hududlar insonsiz havo transportlari orqali nishonga olinmoqda. Tezkor qo‘llab – quvvatlash kuchlari a’zolari ilgari xavfsiz hisoblangan nuqtalarga qarshi ham hujum qilishni davom etmoqda.

Bir manbaga kora hujumlar hukumat markazi hisoblangan Port - Sudan tashqarisidagi asosiy dengiz bazasi va janubdagi Kosti shahridagi yoqilgi omborlarini nishonga oldi.

Kim ekanini yashirin tutgan va «AFP»ga intervyu bergan manba 2023 - yilning aprel oyidan beri muntazam ravishda armiya bilan urush olib borayotgan Tezkor qo‘llab – quvvatlash kuchlarini nazarda tutgan holda: «Port - Sudan shimolidagi Flamingo harbiy - dengiz bazasiga qarshi insonsiz havo transportlari orqali yana hujum uyushtirildi», - dedi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hujum ortidan port hududidan portlash ovozlari eshitilgan.

Qizil dengiz sohilidagi Port - Sudan yuz minglab o‘z uy – joyidan mahrum qilingan inson bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti idoralari uchun xavfsiz boshpanaga aylangan edi. Ammo yakshanba kunidan e’tiboran tezkor qo‘llab – quvvatlash kuchlariga oid ekani aytilgan insonsiz havo transportlari hujumlarini boshlatdi.

Insonparvarlik yordami salbiy ta’sir ko‘rmoqda

Port - Sudan shahri Sudanga insonparvarlik yordami olib kiriluvchi eng asosiy kirish nuqtasidir. Shu bois Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish, matbuot xizmati kotibi Stephane Dujarric orqali bergan bayonotida hujumlar insoniy ehtiyojlarni orttirish va mamlakatdagi yordam amaliyotlarini yanada murakkablashtirish xavfi tug‘dirishi mumkinligini qayd etdi.

Harbiy manbadan kelgan ma’lumotga kora janubda Tezkor qo‘llab – quvvatlash kuchlari insonsiz havo transportlari orqali Oq Nil viloyatida joylashgan armiya nazoratidagi Kosti shahrida yoqilgi omborlarini nishonga oldi va katta yonginlarga yo‘l ochdi.

Kim ekanini yashirin tutgan va «AFP»ga intervyu bergan manba: «Militsiyalar, viloyatni ta’minlaydigan yoqilgi omborlarini 3 ta insonsiz havo vositalari orqali nishonga oldi va yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘ldi», - dedi. Qurbonlar bor yoki yo‘qligi haqida esa hozircha hech qanday ma’lumot berilmadi.

Tezkor qo‘llab – quvvatlash kuchlari mavzu haqida hech qanday izohat bermadi.

Sudan ichki urushi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga kora 2 yildan ortiq vaqtdan beri davom etgan urush on minglab inson umriga, qariyb o‘n uch million nafar insonning esa o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lishiga yo‘l ochdi.

Tezkor qo‘llab – quvvatlash kuchlari mart oyida Xartumning deyarli butun hududini qo‘ldan boy berdi va ortidan uzoq masofali insonsiz havo transportlari orqali hujumlarini orttirdi.

2023 - yilning aprel oyida armiya qomondoni Abdulfattoh al - Burhon bilan uning sobiq o‘rinbosari va Tezkor qo‘llab – quvvatlash kuchlari qo‘mondoni Muhammad Hamdan Daglo o‘rtasidagi bir mojaro sifatida boshlagan holat bugungi kunga kelib Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan dunyodagi eng yomon insoniy inqiroz sifatida ta’riflanadigan vaziyatga aylandi.

Urush mamlakatni amalda ikkiga bolib qo‘ydi; armiya shimol, sharq va markazni nazorat qilar ekan Tezkor qo‘llab – quvvatlash kuchlari g‘arbdagi Darfurning deyarli butun hududi va janubning ba’zi qismlarida hukmronlik ornatdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us