DUNYO
2 daqiqa o'qish
Tramp Kashmir nizosining ming yillik o‘tmishini hal qilishda qarorli
Donald Tramp Hindiston bilan Pokiston o‘rtasidagi otashkesim AQSh o‘rtamchiligida yo‘lga qo‘yilganidan xursand bo‘lar ekan, Kashmir muammosini butunlay hal qilish uchun har ikki davlat rahbari bilan ham hamkorlik qilishini bildirdi.
Tramp Kashmir nizosining ming yillik o‘tmishini hal qilishda qarorli
11 май 2025

AQSh Prezidenti Donald Tramp, Hindiston bilan Pokiston o‘rtasida uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan Kashmir muammosini hal qilish uchun o‘rtamchilik vazifasini o‘z zimmasiga olish niyatida ekanini ifoda etdi. Shu o‘rinda, «ming yillik» nizoni hal qilish mumkinligini qayd etdi.

Tramp shanba kuni kechasi o‘zining «Truth Social» ijtimoiy tarmoq platformasida bergan bayonotida, har ikki mamlakatning ham kuchli yetakchiligini maqtagan holda ommaviy yo‘qotishlar bilan keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga yo‘l ochuvchi urushni to‘xtatish haqida qabul qilingan qarorlarni qo‘llab – quvvatladi.

AQShning taranglikni kamaytirish jarayonidagi muhim rolini ta’kidlab o‘tgan Tramp: «AQShning, bu tarixiy va qahramonona qarorni qabul qilishingizga yordam berganidan xursandman va hatto faxrlanaman», - dedi.

Muzokaralar to‘g‘ridan - to‘g‘ri Kashmirni qo‘lga olmasa ham Tramp har ikki davlat bilan birgalikda ish olib borish orqali muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish niyatida ekanini ifoda etdi.

So‘zlari davomida: «Ming yil ortidan Kashmir muammosini hal qilish imkoni bor yoki yo‘qligiga guvoh bo‘lish uchun siz bilan birgalikda faoliyat yuritaman», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kashmirda taranglik davom etmoqda

Bir necha kunlik to‘qnashuv ortidan AQSh o‘rtamchiligida yo‘lga qo‘yilgan otashkesimga qaramay Hindiston bilan Pokiston bugun ertalab bir – birini tinchlik kelishuvini buzishda aybladi.

Hindiston Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Pokiston muntazam ravishda kelishuvni buzayotgani va shunga qarshi javob berganliklarini qayd etdi. Boshqa tomondan esa, Pokiston otashkesim kelishuviga rioya qilayotgani va Hindiston kuchlarining qoidabuzarligiga qarshi mas’uliyatli ravishda, ehtiyotkorona tarzda munosabat bildirganliklarini o‘z so‘ziga ilova etdi. 

«AFP»ning Hindiston yetakchiligidagi Kashmirning Srinagar shahrida faoliyat yuritgan muxbirlari, baland portlash ovozlari eshitganliklarini bildirdi.

Pokiston yetakchiligidagi Kashmirda esa oliy darajali rasmiylardan biri «AFP»ga bergan bayonotida, nizoli hududdagi amaliy chegara hisoblangan nazorat chizig‘i bo‘ylab vaqti - vaqti bilan to‘qnashuvlar davom etayotganini ifoda etdi.

Kunlab davom etgan va reaktiv qiruvchi samolyotlar, raketalar, insonsiz havo transportlari foydalanilgan to‘qnashuvda kamida 60 kishi hayotdan ko‘z yumdi va Kashmirda minglab inson o‘z uy – joyini tark etishga majbur bo‘ldi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us