Barcha nigohlar dushanba kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tinchlik muzokaralariga qaratilgan, ikki delegatsiya allaqachon shaharga yetib kelgan.
2022-yil fevralida urush boshlangandan so‘ng darhol, Turkiya Rossiya va Ukrainani bir stol atrofida yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi, bu uchrashuvlar Antaliya va Istanbulda o‘tkazilgan edi.
Joriy yil may oyida Turkiya yana bir bor ikki tomonning uch yildan ortiq davom etgan mojarodan keyingi ilk muzokaralarini o‘tkazishga mezbonlik qildi. Ushbu uchrashuvlar 16-may kuni Istanbuldagi Dolmabahche saroyida bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi bosqich muzokaralari dushanba kuni soat 1000GMTda Istanbulning tarixiy Chiragan saroyida o‘tkazilishi kutilmoqda.
16-maydagi muzokaralarda tomonlar 1000 nafar mahbusni almashishga, o‘z pozitsiyalarini batafsil bayon qilishga va muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishdi. Mahbuslar almashinuvi 25-may kuni yakunlanganini e’lon qilishdi.
Istanbulda boshlangan jarayon xalqaro doiralar tomonidan ijobiy baholandi va Turkiya mezbonlik qilgan muzokaralar dunyo matbuotida keng yoritildi.
Turkiya vositachilik sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda
Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish uchun faoliyatini davom ettirmoqda. Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan 26-27 may kunlari Moskvaga, 29-30 may kunlari esa Kiyevga tashrif buyurdi.
Moskvada Fidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda yuqori darajadagi rasmiylar bilan muzokaralar o‘tkazdi.
“Rossiyaning Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar uchun Istanbulni tanlashi bizning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan umumiy tushunchaning ifodasidir,” dedi Fidan Lavrov bilan uchrashuvda.
Lavrov esa Turkiyaning Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar imkoniyatlarini qayta tiklashdagi rolini qadrlashlarini ta’kidladi.
28-may kuni Lavrov Rossiya Ukraina bilan navbatdagi muzokaralarni 2-iyun kuni Istanbulda o‘tkazishni taklif qilganini e’lon qilganida, yana bir bor barcha nigohlar Turkiyaga qaratildi.
Putinning maslahatchisi Vladimir Medinskiy boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning “mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etish bo‘yicha barcha jihatlar”ni o‘z ichiga olgan memorandumni Ukraina delegatsiyasiga taqdim etishga tayyor ekanini bildirdi va Turkiyaga minnatdorchilik izhor etdi.
Yakshanba kuni yuqori martabali rossiyalik rasmiy Moskva Ukrainadan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha memorandum loyihasini olganini ma’lum qildi.
Medinskiy hujjat ukrain va ingliz tillarida taqdim etilganini tasdiqladi va asosiy nuqtalar allaqachon G‘arb matbuotida e’lon qilinganini qo‘shimcha qildi.
Ukraina delegatsiyasiga Istanbulda Mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qiladi.
Hakan Fidan Rossiya ziyorati ortidan Ukrainaning poytaxti Kievga xizmat ziyorati amalga oshirdi.
Fidan, Ukrainaning yuqori darajali rasmiylari, xususan, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Tashqi ishlar vaziri Andriy Sybiha bilan uchrashdi va Sybiha bilan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Turkiyaning doimiy tinchlikka chaqirig'ini takrorladi. Turkiyaning har ikki tomon bilan ham yaxshi aloqalarga ega ekanligini ta'kidlagan Fidan, tomonlar muzokara stolida qolishi sharti bilan oldinga siljish bo'lishi mumkinligini bildirdi.
Ukraina dastlab muzokaralarning ikkinchi bosqichidan oldin Rossiya tomonidan tayyorlangan kelishuvni ko'rishni xohlayotganini bildirdi.
Ukraina prezidenti yakshanba kuni Rossiyadan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday taklif olmaganliklarini, biroq ular Istanbulda tinchlik o‘rnatish yo‘lida “hech bo‘lmaganda bir oz oldinga siljishni” maqsad qilganliklarini aytdi.
Ukraina prezidenti yakshanba kuni uning hukumati Rossiyadan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday taklif olmaganiga qaramay, Istanbulda tinchlik o‘rnatish yo‘lida “hech bo‘lmaganda bir oz oldinga siljish”ni maqsad qilganini aytdi.
Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchiligidagi delegatsiya tarkibiga Ukraina prezidenti maslahatchisi Aleksandr Bevz, Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Diakov va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Kislitsa kiradi.
Tramp kirib keladi
AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi tashviqoti paytida ham, lavozimga kirishganidan keyin ham urushni tugatishga va'da berdi.
Muzokara jarayonini qo'llab-quvvatlagan AQSh rasmiylari, muzokaralarning birinchi bosqichidan so'ng Rossiya rasmiylari bilan yuqori darajali telefon suhbatlari o'tkazdi.
Tramp va Putin 19-may kuni ham telefon orqali gaplashgan.Tramp uchrashuv yaxshi o‘tgani va Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar darhol boshlanishini ma’lum qilgan.
Tramp Rossiyaning Ukraina bilan oʻt ochishni toʻxtatish yoʻlida sekin harakat qilayotganini taʼkidladi va bu vaziyatdan noroziligini bildirdi.
26-may kuni Rossiyaning Ukrainaga bergan havo hujumlaridan so‘ng Tramp Truth Social platformasida Putin “aqldan ozganini” aytdi.
Boshqa tomondan, Rossiya Trampning Ukrainaning "Rossiya shaharlariga qilgan yirik teraktlari" haqida yetarlicha ma'lumotga ega emasligini ta'kidladi va uning Ukrainadagi urush haqidagi keskin bayonotlari "hissiy ayblov" natijasi bo'lishi mumkinligini taxmin qildi.
Tramp, shuningdek, Ukraina yetakchisi Zelenskiyni tanqid qilib, Ukraina rahbari o‘z so‘zlashuv uslubi bilan o‘z mamlakatiga hech qanday foyda keltirmayotganini ta’kidladi.
Ayni paytda Oq uy, "Umid qilamizki, Rossiya va Ukraina kelasi hafta Istanbulda to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar va muzokaralarga kirishadi. Va uchrashuv bo'lib o'tishiga ishonamiz" deb bayonot berdi.
AQSh ushbu muzokaralarga o'z vakilini yuboradimi yoki yo'qmi hozircha aniq emas.
To'qnashuvlar muzokaralar oldidan avj oladi
Tomonlar Istanbulda stolga o‘tirishga hozirlanar ekan, shanba va yakshanba kunlari zo‘ravonlik hujumlari haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Yakshanba kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) o‘z kuchlari Rossiyaga qarshi “keng ko‘lamli” hujum uyushtirgani, 40 dan ortiq strategik bombardimonchi samolyotlarning bir qancha hududlarda, jumladan Sibirning Irkutsk viloyatida uchuvchisiz zarbasi natijasida yo‘q qilinganini e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, hujum to‘rtta aeroportni nishonga olgan, jumladan Olenya, Ivanovo, Dyagilevo va Belaya.
Yakshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ham bayonot berdi.
Vazirlik Murmansk, Irkutsk, Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi beshta aeroportga uchuvchisiz uchoqlar tomonidan berilgan zarbalarni tan oldi va hujumlarni “Kiyev rejimining terroristik hujumlari” deb baholadi.
Vazirlikning ta'kidlashicha, Ivanovo, Ryazan va Amur aeroportlarida uyushtirilgan hujumlar "daf qilingan", Murmansk va Irkutsk aeroportlari yaqinidan berilgan dron zarbalari natijasida bir nechta "samolyot qismlari" yoqib yuborilgan.
“Terrorchilik hujumlariga aloqador boʻlganlarning bir qismi qoʻlga olindi”, — deya qoʻshimcha qildi u.