Isroil Britaniya hukumatining Tel – Aviv Gʻazodagi genotsidni toʻxtatib, muammoni ikki davlat asosida hal qilinishini qoʻllab – quvvatlamagudek boʻlsa unda sentabr oyida Falastin davlatini tan olishi haqidagi qarorini rad etib, uni, «Hamasni mukofatlash» deb baholadi.
Isroil Tashqi Ishlar vazirligi seshanba kuni mavzu haqida bergan bayonotda: «Britaniya hukumatining Fransiya harakati va ichki siyosiy bosimidan keyin pozitsiyasini oʻzgartirishi Hamas uchun mukofot hisoblanadi. Eng muhimi Gʻazoda otashkesimni yoʻlga qoʻyish va mahbuslarni ozod etish sa’y – harakatlariga ziyon yetkazadi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Britaniya Bosh vaziri Keir Starmer agar Isroil Gʻazodagi genotsidni toʻxtatib, muammoni ikki davlat asosida hal qilinishini qoʻllab – quvvatlamagudek boʻlsa unda sentabr oyida Falastin davlatini tan olishini ma’lum qildi.
Starmer oʻz soʻzida shuningdek: «Agar Isroil Gʻazodagi dahshatli vaziyatni toʻxtatish uchun aniq qadamlar tashlab, otashkesimga yonashmagudek boʻlsa, butunlay tinchlik oʻrnatish sa’y – harakatlarini qoʻllab – quvvatlamagudek boʻlsa unda Britaniya sentabr oyida Falastinni tan oladi», - dedi.
O‘tgan hafta Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham sentabr oyidagi BMT Bosh Assambleyasida Fransiya Falastin davlatini tan olishini tasdiqlagandi.
Falastinni BMTga a’zo 193 davlatdan 149 tasi tan olgan. Bu raqam, Isroil tomonidan 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoda genotsid uyushtira boshlaganidan beri ortdi.
Insoniy inqiroz bosimni kuchaytirmoqda
Buyuk Britaniyaning bu pozitsiyasi Isroilga nisbatan ichki va xalqaro bosim kuchayib borayotgan bir paytda paydo boʻldi. Bosimda Isroilning qatliomni toʻxtatib, qamaldagi Gʻazoga insonparvarlik yordami yetkazib berilishiga ruxsat berishini oʻz ichiga oladi.
Mahalliy Sog‘liqni saqlash rasmiylariga ko‘ra Isroil kuchlari 2023 - yilning 7 - oktabridan beri G‘azoda genotsid uyushtirib, 60 ming nafardan ortiq falastinlik umriga zomin boʻldi.
Dushanba kuni Isroilning Inson huquqlari tashkilotlari B'Tselem bilan Isroil shifokorlari inson huquqlari Isroil hukumatini Gʻazoda genotsid sodir etishda aybladi.
Tashkilotlar mushtarak bayonotida, Falastin jamiyatining muntazam ravishda yoʻq qilinishi va hududdagi sogʻliqni saqlash tizimining choʻkishiga alohida e’tibor qaratdi.
Noyabr oyida Xalqaro jinoiy sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni urush va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab hibsga olishga order bergandi.
Isroil, shuningdek, Gʻazoda davom etayotgan genotsid yuzasidan Xalqaro sudda javobga tortilmoqda.