Davlat telekanallari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra Eronda o‘t o‘chiruvchilar mamlakatning eng yirik tijorat portida qayd etilgan portlash oqibatida kelib chiqqan va 46 nafar inson umriga zomin kuchli yong‘inga qarshi kurash olib bormoqda.
Portlash o‘tgan haftaning shanba kuni Eron janubida, dunyoda ishlab chiqarilgan neftning beshdan bir qismi o‘tadigan strategik Hurmuz bo‘g‘ozi yaqinidagi Shahid Rajoi portida yuz berdi.
Rasmiy IRNA axborot agentligi Hurmuzgon viloyati Inqirozni boshqarish bo‘limi rahbari Mehrdod Hasanzodaning so‘zlariga tayangan holda: «Shahid Rajoi portidagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 46 nafarga yetdi», - dedi.
Rasmiylar, 1000 nafardan ortiq inson tan jarohati olganini ma’lum qilgandi ammo Hasanzoda ularning ko‘pchiligi davolanib shifoxonadan chiqqani va hozirda 138 kishi davolanyotganini bildirdi.
Eron Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan olingan videolavhalarga ko‘ra yong‘in yuz bergan nuqtaning bir qismida haligacha past olovlar ustida qalin ko‘mir qorasi tutunlari ko‘tarilmoqda va yong‘inni o‘chirish uchun bitta vertolyot uchib yuribdi.
Portlashning sababi darhol aniqlanmadi ammo portning bojxona idorasi, uning xavfli va kimyoviy moddalar saqlanadigan joyda yuzaga kelgan yong‘in yuzasidan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Eronning diniy yetakchisi Ali Hamaney, hodisada qanaqadir e’tiborsizlik yoki qasddan harakat bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun tekshiruv ishlari boshlatilishini buyurdi.
Insonlar o‘z hayotlarini saqlab qolish uchun qochdilar
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xavfsizlik kamerasi tasvirlariga ko‘ra voqea kichik olov va to‘q sariq - jigarrang tutun bilan asta sekin boshlanar ekan, ortidan olov shari portlagan. Yana xuddi shu tasvirga ko‘ra kichik olov bir ombor ro‘parasida, tashqarida taxlanib turgan bir necha konteyner orasidan chiqqan.
Kichik forklift tutunli maydon oldidan o‘tar chog‘ida, yaqin atrofda insonlar yurgandi. Kichik olov va tutun paydo bo‘lganidan taxminan bir daqiqa - yu sakkiz soniyadan keyin, yaqinidan avtomobillar o‘tib ketyotgan bir paytda olov shari portlagan.
Prezident Masud Pezeshkiyon yakshanba kuni yaqinlardagi Bandar Abbos shahrida tan jarohati olgan va shifoxonada yotgan bemorlarni ziyorat qildi. Portlash yuz berganidan beri, mintaqadagi barcha maktab va ofislarning bekitilishi buyurdi va tinch aholiga keyingi e’longa qadar tashqariga chiqmasliklari va niqob kiyishlarini tafsiya qildi.
Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati kotibi Rizo Talaei – Nik, davlat telekanaliga bergan intervyusida, «Hududda harbiylar yoq yoki harbiy maqsadlarda foydalanish niyatida import yoki eksport qilingan hech qanday yuk ham yo‘q», - dedi. Rossiya yong‘inlarga qarshi kurashga yordam berish uchun mutaxassislar yubordi.
Rasmiylar, dushanba kunini milliy motam kuni deb e’lon qildilar. Port joylashgan Hurmuzgon viloyatida esa yakshanba kuni uch kunlik motam boshlangan edi. Portlash Eron va AQSh hay’atlarining Tehronning yadro dasturi bo‘yicha Ummonda yuqori darajali muzokaralar olib borilgan va har ikki tomon ham ilgarilash qayd etilgani haqida gapirgan paytda sodir bo‘ldi.