SIYOSAT
4 daqiqa o'qish
Ruminiyadagi demokratiyaga kim ziyon yetkazmoqda?
Ruminiyadagi demokratiyaga kim ziyon yetkazmoqda? Yevropa ittifoqimi yoki Rossiya?
Ruminiyadagi demokratiyaga kim ziyon yetkazmoqda?
10 март 2025

Bekor qilingan saylov va milliyatchi ruhdagi bir liderning yuksalishi natijasida Ruminiya, G‘arb ta’siri va xalqdan kelgan suverenitent o‘rtasida qutblashtiruvchi savollarga ma’ruz qoldi. Tahlilchilar, mustaqil ovozlarning chetga surilishi xalq norozichiligini orttirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ruminiya 24 - noyabrdagi prezidentlik saylovining birinchi turining bekor qilinishi ortidan siyosiy bo‘ronning markaziga aylandi. Mustaqil milliyatchi nomzod Kelin Georgesku ovozlarning 22,94 foizini olib, oldingi qatorlardan o‘rin olgandi.

Georgeskuning, «Save Romania Union» partiyasi nomzodi Elena Laskoni bilan 8 - dekabrdagi ikkinchi turda kuch sinashi kutildi ammo saylov bekor qilingani bois nomi tilga olingan voqea ham bo‘lmadi.

Ruminiya Konstitutsiyaviy sudining Rossiya aralashuvi va tartibsizliklar yuzasidan 24 -noyabrdagi saylov natijalarini bekor qilishi mamlakatni siyosiy noaniqlikka yetakladi.

Ushbu qaror jamoat fikrini qutblashtirib, demokratiya holati va Sharqiy Yevropadagi G‘arb ta’siri haqidagi munozaralarni kuchaytirdi.

Bukresh universitetining Siyosatshunoslik fakulteti o‘qituvchisi Aleksandra - Alina Ianku TRT World - ga shunday dedi:

«Bukreshdek yirik shaharlarda, ikkinchi tur saylovlar arafasida avj olgan taranglik yuzasidan saylovning bekor qilinishi ijobiy tusda qarshi olinmoqda. Ammo yana – da yaqindan qaralganida [Kelin Georgeskuning] saylovchilaridan kelgan norozichilik va kelajakka nisbatan noaniqlik his qilinmoqda».

Ushbu ikkilanma hissi Ruminiya Yevropa siyosatlari markazi (CRPE) dastur rahbari Aleksandru Damian tomonidan ham tan olinmoqda. Damian vaziyatni «tarang va noaniq» sifatida baholar ekan, rasmiylarning aloqa o‘rnatishdagi kamchiligi ancha hayron qoldirdi.

«Endilikda, Georgesku tarafdorlari qarorlardan norozi ammo Yevropa tomoni bu qarorga ehtiyotkorlik bilan qarаmoqda» - dedi u.

Konstitutsiyaviy sud, saylovlarni, saylovga tashqaridan aralashuvlar bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar asosida tuzilgan hisobotlarga tayangan holda bekor qilish haqida qaror qabul qildi.

Damianning ta’kidlashicha, Oliy Mudofaa kengashi, noqonuniy moliyaviy hissalar va yaxshi moliyalashtirilgan ijtimoiy tarmoq kampaniyasi kabi tartibsizliklarni ochib berdi. Georgesku kampaniyasi ushbu moliyalashtirish manbasini izohlab bera olmadi.

«Kelin Georgesku kampaniya davomida hech qanday chiqimga yo‘l qo‘ymadi va Ruminiyadagi kampaniyani moliyalashtirish qoidalar qat’iy bo‘lgani bois, bu amalda imkonsizdi» - deya izohlamoqda Damian.

Ianku, ayniqsa TikTok - dagi Georgesku kampaniyasi e’tiborlarni o‘ziga jalb etganini o‘z so‘ziga ilova etmoqda: «Ruminiya Konstitutsiyaviy sudining saylov jarayoniga chet el hukumatlaridan birining aralashuvi hamda [Georgeskuning] onlayn kampaniyasiga oid tartibsizliklarni hujjatlashtirgan maxfiylikdan chiqarilgan razvedka hisobotlariga murojaat qildi».

Kelin Georgeskuning meteorni eslatgan yuksalishi

Georgeskuning ommabopligidagi tez o‘sish Ruminiyaning siyosiy tartibini alg‘ov - dalg‘ov qilib tashladi. Bir vaqtlar siyosatda nisbatan tanilmagan Georgesku, tashvishli saylovchilar bilan ularning muammolariga xitob etgan bir kampaniya orqali aloqa o‘rnatib, tanilgan ismga aylandi.

Ba’zi tahlilchilarning fikricha, bu yuksalish, oddiygina ruminiyaliklarning chuqur muammolarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri hal qilishga urinishlariga bog‘lamoqda.

«Insonlar bu kishini telbalardek tanitishga urinmoqda», - deydi siyosiy tahlilchi va diplomatiya maslahatchisi Ioana Gomoi Bukreshdan TRT World – ga bergan intervyusida. Gomoi shuningdek, Georgeskuning mashhurligini yoshlar orasidagi ishsizlik, ta’lim islohoti va tinchlik kabi masalalarga e’tibor qaratishi yordamida ortganini ta’kidlamoqda.

Georgeskuning haqiqiy qo‘llab – quvvatlovchilari borligini ta’kidlagan Gomoi, buning, asosiy siyosatchilar anchadan beri ko‘rmaslikka olgan muammolarga e’tibor berganligi tufayli qo‘lga kiritilganini ta’kidlamoqda.

«U tinchlik, yoshlar orasidagi ishsizlik, yosh ruminiyaliklarning ko‘chib - qo‘nish muammosi, ta’lim va qishloq xo‘jaligi tizimlaridagi inqiroz haqida gapirmoqda», - deydi Gomoi va bu mavzular o‘n yillab siyosiy turg‘unlikdan charchagan mamlakatda keng jozibaga ega ekanini qayd etmoqda.

«Ruminiyaliklar charchadi», - deydi Gomoi. «O‘ttiz yildan ortiq vaqtdan beri demokratiya bor ammo hech narsa o‘zgarmadi. Georgesku, insonlar uchun muhim bo‘lgan mavzularni gapirmoqda.

Hech qaysi rasmiy partiya bilan aloqasi yo‘q. Georgesku shunga qaramay ayniqsa TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda xalqning yirik qismi tomonidan qo‘llab –quvvatlandi. U Ruminiya tarixidagi eng a’lo hozirga qadar eng yaxshi inflyuenseri». - deydi Gomoi.

Xo‘sh, Georgesku takror nomzod bo‘ladimi?

Ruminiyaning siyosiy kelajagi, yangi hukumatning tuzilishi va 2025 - yilning mart oyida o‘tkazilishi kutilgan yangi prezidentlik saylovlar jadvaliga bog‘liq.

Yevropa tarafdori partiyalar o‘rtasida koalitsion hukumat tuzish bo‘yicha norasmiy muzokaralar davom etmoqda lekin bu jarayonda ko‘plab qiyinchiliklar mavjud.

«Parlamentdagi partiyalar kelishib olishiga qaramay, yangi koalitsiyaning yuqori parlamentar parchalanish darajasi bilan ideologik xilma - xilligi tufayli notinch vaqtlar bo‘ladi», - deydi Ianku.

«Butun saylov jarayoni takror boshlanishi kerak. Boshlasa ham bu oylab davom etishi mumkin», - deydi Gomoi. U, shuningdek: «Ehtimol, yangi nomzodlarni ko‘ramiz va Georgeskuning nomzod bo‘lishiga to‘sqinlik qilinishi mumkin. Uning ham biron yo‘lini topadilar, oldingi nomzodlardan Diana Iovanovich - Shoshoakega qilganlaridek. Shoshoake (Rossiya tarafdori qarashlari sabab) prezidentlik saylovida ishtirok etishdan man etilgandi», - deydi.

Ammo Gomoi, Georgeskuni diskvalifikatsiya qilish siyosiy tuzilmaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi borasida ogohlantirdi.

«Georgeskuning qayta nomzod bo‘lishiga to‘sqinlik qilish xalqning hafsalasini pir qiladi. Bu faqat u bilan bog‘liq emas, u vakillik qilayotgan boshqa va kattaroq masalalar bilan bog‘liqdir. Insonlar dardlari tinglanishini istaydi va yangilik talab qilishdan voz kechmaydilar».

Georgeskuning mashhurligi, Ruminiyaning Yevropa ittifoqi va NATO atrofida tashlagan qadamidagi izlarni aks ettirmoqda. Ruminiyaliklar Yevropa ittifoqi a’zoligi taklif qilgan imkoniyatlarni olqishlar ekan, tengsizliklarga nisbatan norozichiliklar ham bor.

Masalan, Gomoi, ukrainalik muhojirlarga berilgan moddiy yordamdek davlar yordamlaridagi tengsizliklarga e’tibor qaratdi.

«Yangi yil va Rojdestvo yaqinlashib kelar ekan, dasturxoniga oziq - ovqat qo‘ya olmaydigan ko‘plab keksalarimiz bor. Dori – darmonlari xarid qilib olishga imkoni yo‘qlar ham..» – deydi.

«Mamlakatimiz avvalo o‘z xalqiga qarashi kerak».

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us