Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy seshanba kuni bergan bayonotida, Rossiya ishgʻoli ostidagi hududlardan voz kechishni nazarda tutgan har qanday tinchlik muzokaralarini qabul qilmasliklarini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday yon berish urushni tugatish o‘rniga aksincha cho‘zadi. Bunga ilovatan Rossiyaga ustunlik beradi.
Ukrainaning «Interfax» axborot agentligi ma’lumotiga koʻra poytaxt Kiyevda uyushtirilgan matbuot anjumanlaridan birida, AQSh tinchlik rejasida shunday modda o‘rin olgani haqida mish - mishlar borligi ifoda etilib, buning qayd darajada toʻgʻri yoki noto‘g‘ri ekani haqida savol berilgan. Zelenskiy bunga: «Agar Qrim, mustaqil tuproqlarimiz va shunga oʻxshash masalalar ustidan gap ochishni boshlasak unda Rossiya istagan qiyofaga kirib qolamiz. Bu ham boʻlsa urushni uzatishdir», - deb javob berdi.
Zelenskiy Minsk kelishuvlaridagi muvaffaqiyatsizliklar yana takrorlanmasligi uchun mavjud muammoni hal qilish oddiy va bir martalik kelishuv bilan emas, balki turli jihatlarga ega bo‘lgan va bosqichma - bosqich qo‘lga olinuvchi keng qamrovli masala sifatida baholanishi kerakligini ta’kidladi.
«Agar Minsk 3, 4, 5 va Normandiya formatining bir nusxasini ammo boshqa sondagi qurbon bilan o‘ynashni istamasak unda bu urushga bir tortdek qarashimiz va haqiqatdan ham yirik bir muammoni hal qilmoqchi bo‘lsak unda uni tortni bo‘lakchalarga bo‘lgandek bo‘lishimiz shart», - dedi Zelenskiy.
Minsk kelishuvlari, Ukraina hukumati bilan Ukrainaning janubi - sharqidagi Rossiyani qo‘llab - quvvatlagan separatistlar o‘rtasida o‘q uzishni to‘xtatish masalasi ustidan imzolangan bir qator kelishuvlarni o‘z ichiga oladi. Ular 2014 va 2015 - yillarda Belarus poytaxti Minskda imzolangan.
Ammo nomi tilga olingan kelishuvga amal qilinmadi va eng yomoni buning yuzasidan tomonlar bir - birini aybladi. Shu o‘rinda Zelenskiy, urushni cho‘zish faqatgina Rossiyaga foyda olib kelishini ifoda etgan holda Kiyevning Moskvaga bo‘lgan bosimini kuchaytirish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini takrorladi.
Avvalroq, «The Washington Post» gazetasi AQSh, Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha tuzilgan keng ko‘lamli tinchlik kelishuvi doirasida Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilib olinishini rasmiy ravishda tan olishni taklif qilganini xabar qilgandi.
AQSh taklifi
«Axios» axborot manbasining seshanba kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra AQSh hukumati Ukraina – Rossiya o‘rtasida tinchlik o‘rnatish niyatida muhim qadam tashlagan va hatto buning uchun bir reja ham tuzgan. Ushbu rejaga ko‘ra, 2022 - yili urush boshlanganidan beri Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar de - fakto yoki norasmiy ravishda tan olinishi taklif qilingan. Vashington bu taklifga oid Ukrainadan chorshanbagacha aniq javob kutmoqda. Ya’ni, AQSh, jarayonni sohadagi mavjud holatni tan olishga asoslangan tinchlik tushunchasi orqali davom ettirishni xohlayapti.
Yana «Axios»ning xabar berishicha, o‘tgan hafta taqdim etilgan ushbu taklifga ko‘ra AQSh 2014 - yildan beri Rossiyaga nisbatan kiritgan sanksiyalarini bekor qiladi va Rossiya tomonidan bosib olingan Xarkovning kichik bir qismi Ukrainaga qaytarib beriladi. Bundan tashqari, «Zaporojye» atom elektr stantsiyasi Ukraina hududi sifatida ko‘riladi ammo AQSh tomonidan boshqariladi. Elektr energiyasi Ukrainaga ham, Rossiyaga ham yetkazib beriladi.