Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning vakili sifatida Ukraina masalasi ustidan uyushtirilgan ixtiyoriylar koalitsiyasi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Mavzu haqida tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma’lumot berildi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra Hakan Fidan shanba kuni onlayn tarzda uyushtirilgan yig‘ilishda nutq so‘zlab, unda, Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligiga sodiq ekanini ta’kidlagan.
Hakan Fidan o‘z so‘zida shuningdek, urush hech qanday shartsiz to‘xtashi zarurligi va bu boradagi har qanday sa’y – harakatlar qo‘llab – quvvatlanishi masalasida Anqaraning qarori qat’iy ekanini takrorlagan.
Turkiya Tashqi Ishlar vaziri so‘zlari yakunida, 4 yildan beri davom etgan urushda o‘q uzish to‘xtatilgudek bo‘lsa, undan keyingi jarayonni kuzatish vazifasini Turkiya o‘z zimmasiga olishga tayyorligini qayd etdi.