SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Norvegiya rasman Falastin davlati bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
Isroil urush jinoyatlariga qo‘l urganlikda ayblanar ekan Falastin elchisi Osloda Norvegiya qiroli Haraldga ishonch maktubini taqdim etdi.
Norvegiya rasman Falastin davlati bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
25 апрел 2025

Norvegiya Isroilning G‘azodagi qatliomi paytida Falastin davlati bilan rasmiy ravishda diplomatik aloqalar o‘rnatgani haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Norvegiyaga tayin qilingan Falastin elchisi Mariya Sedin, mamlakat qiroli saroyida uyushtirilgan tantanali marosmida Haraldga ishonch maktubini taqdim etdi.

Norvegiyaning Falastinni rasmiy ravishda tan olishi Osloda diplomatik vakolatxona ochish imkoni beradi. Bu holat esa, ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi niyat aloqalarini mustahkamlash uchun muhim shaxdam qadam hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz bugungacha Yevropaning 13 ta davlati, shu jumladan Norvegiya, Falastin Davlatini rasman mustaqil davlat sifatida tan oldi. Bunga qo‘shimcha ravishda, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 193 ta davlatdan 148 tasi Falastinni rasmiy ravishda tan oldi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us