Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanba kuni Rossiyaga bir taklif bilan chiqdi va unda harbiy bo‘lmagan infratuzilmani nishonga olgan hujumlar 30 kun to‘xtatilishi zarurligini qayd etdi.
Zelenskiy «X» ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bergan bayonotida: «Ukraina uzoq masofali dron va raketalar orqali harbiy bo‘lmagan infratuzilmani nishonga olgan hujumlar kamida 30 kun to‘xtatilishi va bu muddatni uzaytirish ehtimolini taklif qilmoqdadir», - dedi.
Ukraina Prezidentining bu taklifi Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin tomonidan shanba kuni bir tomonlama e’lon qilingan Pasxa bayramidagi 30 kunlik sulhga javoban bildirildi.
Zelenskiy, Ukraina, Rossiya harakatlariga bir xil javob qaytarishga qodir ekanini ta’kidladi. Shuningdek, agar maydonda tom ma’noda otashkesim yo‘lga qo‘yilgudek bo‘lsa unda vaqtinchalik to‘xtatilgan ushbu otashkesim muddatini ham uzaytirish taklifini berishga tayyor ekanliklarini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Otashkesim Moskva vaqti bilan soat 18:00 da boshlangan va dushanba kuni yarim tungacha davom etadi ammo har ikki tomon ham bir - birini sulhni buzishda ayblamoqda.
Sulh bitimi jarayonidagi so‘nggi holatga ko‘ra Zelenskiy Rossiya Davlat rahbari Putin e’lon qilgan otashkesimga Moskva tomoni rioya qilmayotganini ta’kidladi. Zelenskiyga ko‘ra, rus tomoni ushbu sulhni 2000 martadan ortiq buzgan va bu esa jarayonning ishonchliligiga jiddiy ravishda putur yetkazgan.
Zelenskiy, shuningdek, «Rossiya front chiziqlarining asosiy nuqtalarini nazarda tutgan sulhga haqiqatda rioya qilmayapti. Va deyarli bir kun, Rossiyaning Pasxa bayramidan e’tiboran 30 kun davom etishi koʻzda tutilgan sulh taklifiga javob berishiga yetmadi”, - dedi.
Ukraina Prezidenti Rossiyaning bunday qadamlarini: «Faqatgina inson umriga zomin bo‘lgan urushni uzaytirish istagida ekanidan dalolat bermoqda», - degan so‘zlar bilan baholadi.