DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukrainada dron orqali uyushtirilgan hujum kamida 9 kishi umriga zomin boʻldi
Ukrainada avtobusga qarshi dron orqali uyushtirilgan hujumda kamida 9 kishi halok boʻlar ekan, 30 kishi tan jarohati oldi.
Ukrainada dron orqali uyushtirilgan hujum kamida 9 kishi umriga zomin boʻldi
23 апрел 2025

Ukrainaning Dnipropetrovsk viloyatida ishchilarni olib ketayotgan bir avtobusga qarshi Rossiyaga oid dron orqali uyushtirilgan hujumda kamida 9 kishi halok boʻlar ekan, 30 kishi tan jarohati oldi.

Mamlakatning janubiy - sharqidagi Marganets shahar hokimi Sergey Lisak mavzu haqida telegram orqali bergan ma’lumotida: «Dushman hujumi toʻqqiz nafar inson umriga zomin boʻldi», - dedi.

«Tan jarohati olganlar soni tobora ortib bormoqda», - degan shahar hokimi, hozirda ular soni 30 nafar ekanini qayd etdi.

Ukraina rasmiylari Rossiya hujumlari ortidan kechasi bilan bir necha mintaqada yongʻin kuzatilganini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

Hujum uyushtirilgan hududlar orasida Kiyev, Xarkov, Poltava va Odessa viloyatlari ham borligi aytildi.

Rossiyada esa Belgorod viloyatida bir kishining artilleriya zarbasi oqibatida tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Mazkur hujumlar AQSh, Ukraina va Yevropa davlatlari vakillarining Britaniyada yangi muzokaralar bosqichini oʻtkazish uchun yig‘ilgan bir paytga toʻgʻri keldi. Muzokaralar 3 yildan ortiq vaqtdan beri davom etgan urushni toʻxtatishni koʻzlagandi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us