Moskva bilan Kiyev o‘rtasida urush boshlanganidan beri eng yirik mahbuslar almashinuvi qayd etildi. Mavzu haqida Rossiya Mudofaa vazirligi kecha, shanba kuni ma’lumot bo‘lishdi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra, har ikkala tomon ham 246 nafar harbiy mahbusini almashdi.
Rus vazirligi bayonotida rus askarlarining hozirda Belarusda psixologik va tibbiy yordam olayotgani; keyinchalik davolanish va reabilitatsiya uchun Rossiyaga olib ketilishini ma’lum qildi.
Vazirlik shuningdek, yaxshi niyat belgisi sifatida tomonlar og‘ir tan jarohati olgan askarlarini ham almashgani va shu doirada 15 nafar rus askari evaziga 31 nafar ukrain askari ozod etilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Vazirlik, Birlashgan Arab Amirliklarining yuqorida qayd etilgan mahbuslar almashinuvini qulaylashtirishdagi o‘rtamchilik sa’y – harakatlariga maqtov yog‘dirdi va insoniy jihatdan qo‘shgan ulkan hissalari uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
Rossiya, Ukrainaning yana bir qishloqni egallab oldi
Rossiya shanba kuni bergan bayonotida, oxirgi 24 soat ichida Ukraina sharqidagi Donetsk viloyatida yana bir qishloqni egallab olganini iddao etdi.
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, rus kuchlari Donetsk viloyatidagi Shevchenko aholi punktida nazoratni qo‘lga kiritdi.
Vazirlik Ukrainaning Sapsan taktik raketa tizimi va uni himoya qiluvchi Norvegiyada ishlab chiqargan NASAMS havo mudofaa tizimlarining sinov maydoniga qarshi yuqori aniqlikdagi quruqlik va dengiz qurollari hamda insonsiz havo tizimlari orqali bir necha bor hujum uyushtirganliklarini ma’lum qildi.
«Hujum muvaffaqiyatli ravishda ishga oshdi va nishonga olingan har bir nuqtaga zarba berildi», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Bunga qo‘shimcha ravishda Rossiyaning havo mudofaa tizimlari oxirgi 24 soat ichida 6 ta JDAM bombasi, uchta HIMARS raketasi va 151 ta insonsiz havo tizimlariga monelik qilishga ulgurgani bildirildi.
Ukraina, bu iddaolar haqida hali hanuz hech qanday bayonot bermadi.