DUNYO
1 daqiqa o'qish
Turkiya Kashmir qurbonlari uchun ta'ziya izhor etdi
Qurolli hujumchilar Pahalgamda sayyohlarga qarshi oʻq uzdi va oqibati 26 kishi umriga zomin boʻldi.
Turkiya Kashmir qurbonlari uchun ta'ziya izhor etdi
23 апрел 2025

Turkiya Hindiston nazoratidagi Kashmirda sayyohlarga qarshi uyushtirilgan hujumda halok boʻlganlarning oila - a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan seshanba kuni mavzu haqida berilgan bayonotda, «Jammu Kashmirning Pahalgam hududida tinch aholini nishonga olgan terror hujumida koʻpchilikning halok boʻlgani va tan jarohati olgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan oldik», - degan ifodalarga oʻrin berildi.

Unda shuningdek: «Biz bu jirkanch hujumni qoralaymiz». - deyildi.

Vazirlik bayonotida halok boʻlganlarga ta’ziya izhor etilar ekan, tan jarohati olganlarga shifo tilaklari yetkazildi.

Srinagar shahriga quruqlik orqali taxminan 90 kilometr uzoqlikda joylashgan Pahalgamda sayyohlarga qarshi uyushtirilgan qurolli hujumlarda kamida 26 kishi halok boʻldi.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Pahalgamdagi bu jirkanch hujumni qoralab, hujumchilar adolat oldida javob berishiga va’da berdi.

Hujum javobgarchiligini haligacha hech kim yoki hech qanday guruh oʻz zimmasiga olmadi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us