DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroilning Qatarga uyushtirgan hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
Hamas yetakchilari Xalil al-Hayyah va Zahir Jabarinlar hujumdan omon qolgani ma'lum qilindi.
Isroilning Qatarga uyushtirgan hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
/ REUTERS
10 сентябр 2025

Falastinlik qarshilik harakati Hamasning ma'lum qilishicha, Isroilning Doxadagi hujumi natijasida uning besh a'zosi va bir qatar xavfsizlik xodimi, jumladan, Hamas yetakchilaridan biri Xalil al-Hayyanning o‘g‘li halok bo‘lgan.

Hamas bu hujumni guruhning sulh muzokaralari jamoasini yo‘q qilishga qaratilgan urinish deb atab, Isroilning bu boradagi harakati muvaffaqiyatsiz bo‘lganini ta'kidladi.

Avvalroq, Hamas siyosiy byurosi a'zosi Suhayl al-Hindi Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida guruhning yuqori darajadagi rahbarlari Isroil hujumidan omon qolganini aytgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumda Hamas yetakchisi Xalil al-Hayyanning o‘g‘li Hammam al-Hayya va uning ofis direktori Jihod Lubad, shuningdek, bir necha yordamchi halok bo‘lgan.

Al-Hindining aytishicha, hujum guruhning AQSh tomonidan taklif qilingan G‘azo sulhi bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan paytda sodir bo‘lgan.

U qo‘shimcha qildi, Hamas rahbarlari Xalil al-Hayya va Zohir Jabarin hujumdan sog‘-salomat qutulganlar.

Al-Hindi ta'kidlashicha, Hamas ushbu hujum uchun Isroil va AQShni mas'ul deb hisoblaydi.

Isroil harbiylari esa ushbu hujumni "Hamasning yuqori darajadagi rahbariyatiga qaratilgan aniq zarba" deb atadi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us