Isroilning Meros ishlari bo‘yicha vaziri Amixay Eliyagu dushanba kuni kechqurun bergan bayonotida, G‘azodagi oziq - ovqat omborlari bombalanishi va falastinliklar och qoldirilishi zarurligini talab qildi. Bu, G‘azoga qarshi Isroilning oxirgi ig‘vogar tusdagi bayonotlaridan biridir.
Ekstrimist siyosiy ko‘z qarashlari bilan tanilgan vazir, Isroilning Kanal 7ga bergan intervyusida «Hamasning yoqilg‘i va oziq - ovqat zaxiralari bombalanishining hech qanday ziyoni yo‘q. Och qolishlari lozim. Agar hayotlaridan xavotir olgan tinch aholi bo‘lsa unda ular ko‘chib ketish rejasini yo‘lga qo‘yish fikrini o‘ylab ko‘rishlari zarur. Ular uchun sharoit og‘irlashganida Hamas uchun ham murakkab tus oladi», - dedi.
Eliyagu G‘azoga yordam ashyolari olib kirilishining yahudiy axloqi bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ifoda etgan holda: «Biz bilan urishayotganlarni boqishga majbur emasmiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Falastinliklarga qarshi ekstremist so‘zlari bilan tanilgan Eliyagu, 2023 - yilning noyabr oyida G‘azoga yadro quroli otish imkoni borligini qayd etgandi.
Dushanba kuni Ben - Gvir G‘azodagi falastinliklarni och qoldirish borasida oyoq tiragandi. Isroilning 14 - Kanal xabariga ko‘ra Ben - Gvir mintaqani mahalliy aholidan boshatishni ko‘zlagan kun tartibini qo‘llagan holda G‘azoga faqatgina ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketishni qabul qilgan falastinliklar uchun yordam olib kirilishi kerakligini ifoda etgandi.
Ma’lum bo‘lganidek AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha bor G‘azoni qo‘lga kiritish va aholini boshqa hududlarga tarqatish orqali hududni turizm markaziga aylantirishni taklif qilgandi. Arab dunyosidan tashqari bir necha davlat esa, Trampning bu rejasini «etnik qirg‘inga teng» deb hisobladi.
Isroil taxminlariga ko‘ra G‘azoda 59 nafar mahbus qolgan va ularning 24 nafari tirik. Bunga qarshi falastinlik va isroillik inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra 9500 nafardan ortiq falastinlik zo‘rovonlik, ochlik va tibbiy e’tiborsizlik doxil murakkab sharoit ostida Isroilga qamalib qolgan vaziyatda.
2023 - yil oktabr oyidan beri Isroilning shafqatsiz hujumi natijasida G‘azoda 52 ming 500 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat. Xalqaro Jinoyat sudi noyabr oyida Netanyaxu va uning sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan G‘azodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urilgan jinoyatlar yuzasidan hibsga olish orderlarini chiqardi.
Shuningdek, Isroil G‘azoda olib borgan urush tufayli Xalqaro sudda qatliom yoki genotsid ustidan ayblanmoqda.