TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Insoniyat G‘azodagi Isroil zulmini to‘xtatish uchun chora ko‘rishi shart
G‘azoda insonlar och – suvsiz va azob – uqubat ichida. Erdoʻgʻan shu bois Isroilning falastinliklarga qarshi davom etayotgan hujumlarini keskin tanqid qildi.
Erdo‘g‘an: Insoniyat G‘azodagi Isroil zulmini to‘xtatish uchun chora ko‘rishi shart
1 август 2025

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, eng avvalo, Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarini to‘xtatish va qamal ostidagi mintaqaga gumanitar yordam yetkazib berilishini talab qilmoqda. Buning uchun butun dunyoni shoshilinch ravishda chora ko‘rishga chaqirdi. Erdo‘g‘an dunyoning sabri qolmaganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Erdo‘g‘an Gabon Prezidenti Brice Oligui Nguema bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida, «Bizning ustuvor vazifamiz G‘azodagi birodarlarimizga insonparvarlik yordami yetkazib berishdir», - dedi.

«Biz inson sifatida bu zulmni to‘xtatish uchun nima qilinishi kerak bo‘lsa hammasini qilishga majburmiz», - deya qo‘shimcha qildi.

Prezident Erdo‘g‘an, ayniqsa G‘azodagi majburiy ochlik va tinch aholining cheksiz azob - uqubatlari asosidagi Isroilning falastinlik tinch aholiga qarshi uyushtirgan hujumlarini keskin qoraladi.

«Sal bo‘lsa ham vijdoni, mehr - shafqati va insoniy qadr - qimmati bor inson bu zulm oldida jimjirt tomosha qilib tura olmaydi», - dedi.

«Begunoh bolalar ochlikdan nobud bo‘layotgan, oziq - ovqat yordami olish uchun yig‘ilgan tinch aholi atayin o‘ldirilgan shafqatsiz manzara oldida hech kim jim tura olmaydi», - deya qo‘shimcha qildi.

Dunyoning Isroilgaga bo‘lgan e’tirozi kuchayib bormoqda

Erdo‘g‘an, Turkiya yaqin kunlarda Isroil hukumatini ko‘zlagan bosimni kuchaytirish va G‘azodagi insoniy falokatni to‘xtatish uchun diplomatik sa'y - harakatlarini faollashtirishini bildirdi.

«G‘azodagi insoniy falokatning oldini olish uchun yaqinda Isroil hukumati ustidagi bosimni yanada oshirishga harakat qilamiz», - dedi va Turkiya buning uchun xalqaro hamkorlari bilan yaqin aloqada ekanini ta’kidladi.

Yana bir bor Turkiyaning Falastin xalqi bilan bo‘lgan hamjihatligini takrorlagan Erdo‘g‘an: «G‘azodagi birodarlarimizga yolg‘iz emasliklarini yanada kuchliroq his qildiramiz. Mintaqada o‘t ochishni to‘xtatish va butunlay tinchlik o‘rnatish uchun yana – da ko‘proq mehnat qilamiz», - dedi.

Erdo‘g‘an Yevropada Falastin davlatini tan olish haqidagi qarorlar ortib borayotganini xursandchilik bilan qarshi olib, Turkiya bunday qadamlarni yuqori baholashini ifoda etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Biz Yevropaning e’tiroz bildirishi biz uchun muhimdir. Biz Falastin davlatini tan olish yo‘lidagi har qanday qadamni qo‘llab - quvvatlaymiz», - dedi.

Erdo‘g‘anning bayonotlari, G‘azo zamonaviy tarixdagi eng og‘ir insoniy inqirozlardan birini boshdan kechirayotgan bir paytga teng kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz:

2023 - yilning 7 - oktabridan beri falastinlik 60 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi.

Xalqaro hamjamiyat tomonidan otashkesim va javobgarlik talablari kuchayib borayotgan bir paytda, Xalqaro jinoiy sud (ICC) va Xalqaro sudda (ICJ) Isroilga qarshi huquqiy jarayonlar davom etmoqda.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us