Oxford Languages, 2024 - yilning so‘zi sifatida «miyaning chirishi» (brain rot) iborasini tanladi. Bu tanlov raqamli iste’molning ta’sirlari yuzasidan ortib borayotgan tashvishlarni yodga solmoqda.
Taxminan 37 ming nafardan ortiq inson ishtirok etgan onlayn so‘rovnomada «miyaning chirishi» iborasi, raqamli davr yo‘l ochgan aqliy buzilishni eng yaxshi ifodalovchi so‘z sifatida ro‘yhatning yuqori qatorlaridan o‘rin oldi.
Mazkur iboradan foydalanish, 2023 – yil bilan 2024 - yil orasida 230 foizlik rekord qayd etdi. Bu esa, raqamli iste’mol yo‘l ochgan tashvishlarning qay darajada keng tus olganidan dalolat bermoqda.
Oxford «miyaning chirishi»ni, ayniqsa onlayn kontentlarning haddan tashqari ko‘p kuzatilishi natijasida shaxsning aqliy va intellektual qobiliyatlarida yuzaga keladigan buzilish sifatida ta’rifladi.
TikTok kabi platformalarda yoshlar bu iborani o‘zlarining media tarmog‘idagi odatlarini tanqid qilayotgandek tarzda ta’riflash uchun foydalanmoqda. Bu holat, yoshlarning raqamli qaramlikning farqida ekanini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislar ekran boshida haddan tashqari ko‘p o‘tirishlik va sifatsiz kontentlar ayniqsa yoshlarning diqqat – e’tibori, ishlab chiqarish yoki o‘ylab topish qobiliyati bilan aqliy salomatligini jiddiy tarzda tahdid qilayotganini ta’kidlamoqda.
Sog‘liqni Saqlash markazlarida alohida bo‘lim ochildi.
AQShdagi ruhiy salomatlik markazlari, «miyaning chirishi» ta’sirlarini aniqlash va oldini olish masalasi ustidan xizmat bera boshladi.
Henry David Thoreau tomonidan 1854 - yili ishlatilgan bu metafora, raqamli davr olib kelgan tashvishlar orqali takror kun tartibiga chiqdi. Bu holat, muammoning aslida yangi emasligi ammo raqamli davrda yanada chuqurlashganidan xabar bermoqda.
«Miyaning chirishi» iborasi «demure», «slop», «dynamic pricing», «romantasy» va «lore» kabi boshqa ibora nomzodlarni ortda qoldirdi.
Oxford Languages rahbari, bu tanlovning virtual hayotlarning evolyutsiyasi va internet madaniyatining til ustidagi ta’sirini aks ettirishini ta’kidladi.
Oxsford Languages mahsulot direktori Katherine Connor Martin yilning so‘zi tanlovini: «Til sohasidagi mutaxassislikni qo‘llash va bo‘lishish va dunyoning to‘rt burchagidagi insonlarni tilning o‘zgaruvchan tabiati bilan band qilish uchun betakror yo‘l», - deya baholadi.
«Miyaning chirishi» iborasining yilning so‘zi sifatida tanlanishi, raqamli davrning tilimiz va aqliy salomatligimizga qanday ta’sir qilayotgani haqidagi savollarga javob beradi. Bu holat, raqamli iste’mol odatlarimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerakligini ta’kidlamoqda.