Turkiya bilan Pokiston rasmiylari, Pokiston dengizidagi hududlarda olib boriluvchi neft va tabiiy gaz qidiruv faoliyatlari uchun uyushtirilgan tender uchun birgalikda murojaat qilish masalasi ustidan kelishib oldi. Hatto buning uchun shartnoma ham imzoladi.
Pokiston Neft vazirligi, ushbu shartnoma haftaning seshanba kuni Pokiston poytaxti Islomobodda uyushtirilgan «2025 Pokiston zaxiralar investitsiya forumi» doirasida imzolanganini ma’lum qildi.
Pokiston hukumati joriy yilning fevral oyida Makran va Indus havzalaridagi 40 boshqa qidiruv hududida faoliyat olib borish uchun ruxsat berilishi uchun tender o‘tkazishi haqida ma’lumot bo‘lishgandi.
Yuqorida nomi tilga olingan vazirlik tomonidan qayd etilishicha, ushbu tender, mamlakatning yuqori energiya tarmog‘i uchun to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni (FDI) jalb qilish uchun muhim imkoniyatdir.
Pokistonning Mari Energies Limited, Oil and Gas Development Company Limited va Pakistan Petroleum Limited kompaniyalari ochiq dengiz tenderida birgalikda ishtirok etish uchun Turkiya neftlari anonim sherikligi (TPAO) bilan shartnoma imzoladi.
Pokiston Neft vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida, «Bu strategik hamkorlik judayam zarur bo‘lgan chet el investitsiyalarini Pokistonning kelajagi va Pokistonning ochiq dengiz hududidagi imkoniyatlarini o‘rganib, undan foydalanish uchun xalqaro texnologiyalar, mutaxassislar va ularning o‘z tajribalari bilan bo‘lishishga yo‘l ochishiga ishonchimiz komil», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Imzolash marosimida Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar bilan Pokistonning Neft vaziri Ali Pervaiz Malik ishtirok etdi.
Pokiston - Turkiya hamkorligidan umidvor ekanini ifoda etgan Malik, Islomobodning bunday hamkorlik tashabbuslarini to‘liq qo‘llab – quvvatlashda qarorli ekanliklari va ochiq dengizdagi zaxiralarni kashf etish jarayonida bu imkondan kuchli ravishda foydalanishlarini ta’kidladi.
Bayraktar esa Islomobod tomonidan «2025 Pokiston zaxiralari investitsiya forumi» uyushtirilishini yuqori baholadi.