SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Rubio Makronning Falastin davlatini tan olish haqidagi bayonotini tanqid qildi
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Fransiyaning BMTda Falastinni tan olish rejasini tanqid qilar ekan, bu holat, Hamasga dalda berishi va tinchlik o‘rnashini qiyinlashtirishini qayd etdi.
Rubio Makronning Falastin davlatini tan olish haqidagi bayonotini tanqid qildi
25 июл 2025

Vashington, Emmanuel Makronning Fransiya BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini rasman tan olishini e’lon qilishi ortidan norozichilik bildirdi.

Davlat kotibi Marko Rubio payshanba kuni kechqurun «X» platformasi orqali bergan bayonotda: «Amerika Qoshma Shtatlari Emmanuel Makronning BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini tan olish rejasini qat’iyan rad etadi» - dedi

Rubio, 2023 - yilning 7 - oktabrida Falastin qarshilik harakati tomonidan amalga oshirilgan hujumga e’tibor qaratgan holda: «Bu mas’uliyatsiz qaror faqatgina Hamas targ‘ibotiga xizmat qiladi va tinchlik ornatishga to‘sqinlik qiladi» - degan ifodalarga orin berdi.

Makron payshanba kuni Nyu - Yorkda dunyo liderlari bilan uyushtirilgan yillik yigilishda Falastinni tan olish niyatini e’lon qilib, Falastin Prezidenti Mahmud Abbosga yo‘llangan ochiq xatda shunday dedi: «Sizning majburiyatlaringizni inobatga olgan holda, sentabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga borganimda Fransiyaning Falastinni bir davlat sifatida toliq tan olishini tasdiqlayman va men bundan faxrlanaman. Buni amalga oshirish orqali Fransiya Yaqin Sharq tinchligiga hal qiluvchi hissa qo‘shadi va ishtirok etishni istagan barcha xalqaro hamkorlarni safarbar qiladi».

Falastinni tan olgan birinchi G - 7 a’zosi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Makronning bu harakatini tanqid qilib, hozirgi sharoitda tan olish «terrorizmni mukofotlash va G‘azo kabi yana bir Eron ittifoqchisini yaratish xavfini tug‘diradi» - dedi.

AQShning Isroildagi elchisi Mike Huckabee Makronning Falastin davlatini tan olishini masxara qilib,«X» platformasida shunday yozdi: «Makronning bir tomonlama ‘Falastin’ davlatini e’lon qilishi uning qayerda bo‘lishini bildirmadi. Buni men ayta olaman, Fransiya fransuz Rivierasini taklif qiladi va yangi davlatning nomi ‘Franc-en-Stine’ deb ataladi».

Fransiya G - 7 tarkibidagi davlatlar orasida Falastin davlatini tan olgan birinchi davlatga aylanadi. Bugungi kungacha BMTga a’zo 193 davlatdan 147 tasi rasmiy ravishda Falastin davlatini tan oldi.

Falastin vitse - prezidenti Husayn al - Shayx Makronning qarorini olqishlab, uni «Fransiyaning xalqaro huquqqa sodiqligi va Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘llab - quvvatlashining yaqqol ko’rsatkichidir» - deb atadi.

Bu qaror, 2023 - yilning 7 - oktabridan beri Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan shafqatsiz hujumlariga qarshi qabul qilindi. Isroil hujumlari oqibatida falastinlik 60 ming nafardan ortiq inson jon berdi. Eng yomoni, ularning kopchilig ayollar va yosh bolalardan iborat.

Harbiy harakatlar mintaqada katta vayronagarchilikka yol ochar ekan, sogliqni saqlash tizimini izdan chiqardi va oziq - ovqat taqchilligiga yol ochdi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us