Rossiya bugun, haftaning payshanba kuni, Antonov An - 24 yo‘lovchi samolyoti mamlakatning uzoq sharqida joylashgan Amur viloyati ustidan uchib ketayotgan bir paytda radardan g‘oyib bo‘lganini ma’lum qildi.
Amur gubernatori Vasiliy Orlov Telegram orqali bergan bayonotida, favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga tayangan holda samolyot viloyatning ma’muriy markazi Blagoveshchenskdan Tinda shaharchasi tomon ketayotganda yo‘qolib qolganini bildirdi.
Orlov, «Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra samolyotda 43 yo‘lovchi bilan 6 nafar ekipaj bo‘lgan. Yo‘lovchilardan 5 nafari yosh bola edi», - der ekan bedarak yo‘qolgan samolyotni qidiruv ishlari davom etayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham qidiruv ishlarini tasdiqlab, samolyotning radardan g‘oyib bo‘lgani va Tindadagi mahalliy aeroportga yaqin nuqtada aloqaga chimaganini ifoda etdi.
Vazirlik bayonotida, «Samolyot Xabarovsk – Blagoveshchensk - Tinda yo‘nalishida uchib ketayotgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra samolyotda taxminan 40 kishi bo‘lgan», - degan ifodalarga o‘rin berdi va voqea haqida yana – da ko‘proq ma’lumot olishga, ularni aniqlashga harakat qilinayotganini ta’kidladi.