Dunyoning yetakchi poyabzal brendlari Isroilni qo‘llab – quvvatlagan guruhlarga oid kampaniyalarni «jirkanch» deb ta’riflashi ortidan falastinlik supermodel Bella Hadidni ishdan bo‘shatdi ammo ikkala asoschisi ham Gitlerning natsistlar partiyasi a’zolari edi.
Adidas yaqinda AQShdagi Isroilni qo‘llab - quvvatlagan guruhlar bilan Isroil hukumatining bosimlariga bosh egib, falastinlik Bella Hadidni yangi sport poyabzali kampaniyasidan chiqardi va modelning rasmlarini reklamalaridan olib tashladi.
Hadid, Falastinning Isroil tomonidan ishg‘ol qilinishi va G‘azoda begunoh tinch aholining o‘ldirilishiga qarshi ochiq - oydin munosabat bildirgan shaxsdir. Isroilning davom etayotgan urushida hozirgacha 39 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Nyu - Yorkdagi osmono‘par binolar bilan yetakchi sport poyabzali brendlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida o‘rin olgan reklamalarda, asli falastinlik bo‘lgan amerikalik model, Adidas tomonidan qayta bozorga chiqarilgan SL72 retro sport poyabzallarini kiyib turgan holda kuzatilgan edi.
Ya’ni model, Adidasning 1972 – yildagi Myunxen olimpiadasida sportchilarga atab ishlab chiqargan poyabzalni taqdim etish uchun alohida dizayn qilingan «SL» (Super Light) seriyasining bir parchasi edi.
G‘arbiy Germaniyada uyushtirilgan bu ulkan sport tadbiri paytida falastinlik «Qora sentabr» tashkiloti Isroil jamoasi turgan joyga bosqin uyushtirgan. Oqibatida politsiya bilan qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lar ekan, voqea, isroillik 11 kishi umriga zomin bo‘lgandi. Unda, falastinlik 5 kishi bilan 1 nafar nemis politsiya xodimi ham halok bo‘lgandi.
Isroillik tanqidchilar sport poyabzallarining tarixiga e’tibor qaratib, Hadidning kampaniyaning yuz sifatida tanlanishi antisemitik ekani va hatto ataylab shunday tanlangan bo‘lishi ham mumkinligi hamda supermodelning G‘azodagi halokatli urushga qarshi turishining sababi ham shu ekani iddao etildi.
Bella Hadid har doim nishonga olinmoqda
Supermodel antisemitizm masalasida birinchi bor ayblanayotgani yo‘q.
Hadid 2021 - yili Instagramdagi jonli efirida «Daryodan dengizgacha, Falastin ozod bo‘ladi» - degan shior bilan chiqqanida, Isroilning o‘sha paytdagi «X» (avvalgi nomi Twitter) hisobi, Hadidni «Yahudiylarni dengizga tashlashni himoya qilish» bilan aybladi.
Isroilning rasmiy hisobi orqali berilgan bayonotda, «Bella Hadid kabi mashhurlarning yahudiylarni dengizga tashlashni himoya qilishi, yahudiy davlatining yo‘q qilinishini himoya qilishi deganidir» - kabi ifodalar o‘rin oldi.
Poyabzal yoki oyoq kiyimi reklamasi bahsi ortidan, Hadid xuddi shu hisob «antisemitizmni yoyish va isroilliklar bilan yahudiylarga qarshi zo‘ravonlikni himoya qilishdek o‘tmishga ega bo‘lgan yarim falastinlik model» sifatida tilga olindi. Bunga qo‘shimcha ravishda, «U va otasi yahudiylarga tuhmat va antisemitik fitna nazariyalarini tarqatishni tez - tez rag‘batlantirmoqda», - deyildi. Isroilning mazkur posti, Adidasni ham belgilab, mazkur brendni so‘roq qilish ohangida yozilgandi.
Hadid shuningdek Isroil tomonidan qo‘llab – quvvatlangan tashkilotlarning ham nishoniga aylandi.
«Shunchalik ko‘p yahudiy qoni to‘kilgan olimpiadani yodga solgan bir oyoq kiyim bilan uning tanishtirishi, shunchaki jirkanch» - dedi Antisemitizmga qarshi kurash harakati bosh direktori Sasha Roytman.
«Adidas» ning o‘tmishi
Biroq yetakchi poyabzal brendining qorong‘u o‘tmishi, xususan, uning Gitlerning natsistlar partiyasi bilan aloqalari yaxshilab aniqlangan.
Ko‘plab nemis sportchilari 1936 - yili Gitlerning nartsist rejimi tomonidan uyushtirilgan Berlin olimpiadasida aryanlarning sportdagi ustunligini ta’kidlash niyatida Adidasning Dassler poyabzallarini kiyishgan.
«Time» jurnalidagi bir maqoladan iqtibos keltirilgan Barbara Smitning «Sneaker Wars» deb nomlangan kitobida qayd etilishicha o‘sha paytlarda brend asoschilari aka - uka Adi va Rudi Dassler, natsistlar partiyasiga a’zo edilar va ular o‘z maktublarini «Heil Gitler» iborasi bilan imzolardi.
Ikkinchi Jahon urushi paytida aka - uka Dassler krossovkalar ishlab chiqarishni to‘xtatdilar va o‘z fabrikalarini Panzerchreck (tanklarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan qurol) - ishlab chiqarish uchun foydalandi.
«Adidas» natsistlar partiyasi bilan bo‘lgan o‘tmishi haqida hozirgacha indamay keldi. Sport kiyimlari shirkati o‘zining rasmiy veb - saytida 1949 – yildan oldingi tarixiga to‘xtalmaydi. Bu esa nomi tilga olingan brendning rasmiy ravishda tashkil topgan yilidir.
«Adidas» ning Kanye West bilan aloqasini uzishi qimmatga tushdi
Kompaniyaning natsistlar Germaniyasi bilan bo‘lgan aloqasi 2022 - yili, taniqli repchi Kanye Westning antisemitik sharhlari tufayli to‘xtagan hamkorligi ortidan kun tartibiga chiqdi. Kanye West, endilikda «Ye» degan nom bilan tanilmoqda va quyidagi ifodalari yuzasidan og‘ir tanqidlarga uchradi: «Yahudiylariga qarshi o‘ldiruvchi harakat qilaman... Meni chalg‘itdingiz va men bilan hamfikr bo‘lmagan hammani yakkaladingiz».
«Adidas», repchi West bilan bo‘lgan aloqalarini uzgani va buning kompaniyaga yilning birinchi choragida 246 million dollarga tushganini e’lon qildi. Umumiy daromad 1 foizga kamaygan edi.
«Adidas» o‘tgan 2024 – yilning mart oyida West tomonidan dizayn qilingan va boshida muzlatilgan Yeezy sport poyabzallarining sotuvlaridan olingan 150 million dollardan ko‘prog‘ini antisemitizmga qarshi kurashayotgan guruhlarga xayriya qilgani yoki xayriya qilishni rejalashtirganini ma’lum qildi.
Ammo, ba’zi tanqidchilar, «Adidas» ning munosabati kechikkanini ifoda etib, kompaniyaning bu harakatni ikki haftadan keyin amalga oshirganiga e’tibor qaratdilar.
Ataylab tanqid qilindi
Bella Hadidning reklamasi chiqqanida, ko‘pchilik «Adidas»ni «o‘tmishdagi xatolaridan saboq olmaslikda» aybladi. Ba’zilari esa kampaniyani «sinchkovlik bilan hisob – kitob qilingan va mukammal tarzda ijro etilgan antisemitik ediki, buning oddiy xato ekaniga ishonish qiyin» - degan so‘zlar bilan baholadi.
Hadidning, jamoatchilikka hisobot bermagani uchun Adidasni sudga berish niyatida advokat yollagani xabar qilindi. Amerikadagi ko‘ngilochar sayti TMZga tayandirilgan manbalarga ko‘ra, Hadid kompaniyaning «shafqatsiz va ziyon yetkazuvchi kampaniya olib borganini» qayd etgan.
Adidas, reklamalarni nishonga olgan tanqidlarga, «istalmagan holda qilingan xato» ekanini ta’kidlab shunday dedi:
«Fojiali tarixiy voqealar bilan aloqa o‘rnatilganidan boxabarmiz. Bular ataylab qilinmagan bo‘lsa – da qanday noqulaylik yoki qiyinchiliklarga yo‘l ochsa ham kechirim so‘raymiz».
Bayonot: «Shuningdek, hamkorlarimiz Bella Hadid, A$AP Nast, Jules Koundé va boshqalarga ko‘rsatgan har qanday salbiy ta’sir uchun uzr so‘raymiz. Kampaniyani qayta ko‘rib chiqyapmiz», - degan so‘zlar bilan yakun topdi.
Genotsid bilan ayblangan bir davlat
Bella Hadidning reklama kampaniyasi haqidagi mubohasalar, Isroilning Xalqaro Adolat sudida genotsidda ayblanayotgan bir davrga to‘g‘ri kelmoqda.
Mamlakatning G‘azoni nishonga olgan dahshatli hujumlari davomida isroillik rasmiylarning aytgan gaplari, mintaqani etnik jihatdan tozalash masalasini yodga soldi. Bu bayonotlar, ular orasida Isroil Prezidenti Isxak Gertsog, Bosh vazir Binjamin Netanyaxu va o‘ta o‘ng qanot hukumatdagi boshqa vazirlar kabi isroillik qaror qabul qiluvchilardan kelgandi.
9 – oktabr kuni Hamasning Isroilga qarshi uyushtirgan amaliyotlari ortidan Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant, G‘azoga «to‘liq qamal» e'lon qilar ekan, Isroilning «inson hayvonlariga qarshi kurashayotganini» qayd etdi. Elektr energiyasining uzilishi va oziq - ovqat va yoqilg‘ining mintaqaga kirishiga monelik qilinishini ma’lum qildi.
14 – oktabr kuni Isroil Prezidenti Isxak Gertsog, «G‘azoda gunohsiz tinch aholi yo‘q», - dedi. Ikki haftadan keyin, Isroil Bosh vaziri Netanyaxu otashkesimni qabul qilmasliklari aytib, Injildan bir oyat keltirdi.
«Muqaddas Kitobimiz shunday deydi: Amalek sizlarga nima qilganini eslang».
Netanyaxu, «Eslaymiz va shuning uchun kurashyapmiz… Askarlarimiz, tarixi 3 ming yil oldinga borib taqalgan yahudiy urushlari merosining bir parchasisidir», - dedi.
Hozirda 10 - oyiga kirayotgan Isroil - G‘azo urushi, 2 milliondan ortiq falastinlikni o‘z uy – joyidan mahrum qildi. Eng yomoni ularning ko‘pchiligi ayolar va bolalardan iborat bo‘lgan 39 ming nafardan ortiq insonni o‘ldirdi va 90 ming nafardan ortiq inson tan jarohati oldi.
Genotsid tanqidimi yoki antisemitizm?
Isroilning G‘azoni nishonga olgan urushi, antisemitizm tushunchasi va Isroilni ko‘zlagan qaysidir tanqidning antisemitik nafrat so‘zlarimi yoki yo‘qligi anchadan beri qo‘lga olingan bir davrning takror avj olishiga yo‘l ochdi.
Netanyaxu 7 - oktabrdan beri Isroil yoki siyosatini tanqid qilganlarni, natsilar bilan taqqoslaydigan og‘ir so‘zlar bilan tez - tez aybladi. Bu so‘zlar, ba’zilariga ko‘ra, atamaning ma’nosini yemirish xavfini o‘z ichiga olmoqda.
Bella Hadid, mintaqadagi Isroil harakatlariga qarshi bir raqib sifatida, bu ayblovlarning nishoni bo‘lgan falastinlik ko‘plab kishilardan faqatgina biri.
«Isroilni ko‘zlagan har qanday tanqid antisemitik emasdir», - dedi isroilli tarixchi Tom Segev AP yangiliklar agentligiga bergan bayonotida.
«Bunday so‘zlar, antisemitik nafrat ekanini aytishingiz bilan tanqidni butunlay qonunsiz qiladi va bahsni bostirishga urinasiz».