SIYOSAT
5 daqiqa o'qish
Yun Janubiy Koreyada impichmentga duch kelmoqda
Janubiy Koreyadagi oltita muxolifat partiyasi Yunni lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlamentga taqdim etdi. Ovoz berish juma yoki shanba kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Yun Janubiy Koreyada impichmentga duch kelmoqda
4 март 2025

Janubiy koreyalik deputatlar chorshanba kuni Prezident Yun Suk Yolni harbiy holat e’lon qilish qarori tufayli lavozimidan chetlashtirish taklifini kiritdilar. Yun, parlament bilan armiya o‘rtasidagi xaotik inqiroz ortidan bu qarorini bekor qilgandi. Voqea mamlakat obro‘siga putur yetkazdi.

Yun tomonidan seshanba kuni kechasi e’lon qilingan harbiy holat, Janubiy Koreyadagi siyosiy faoliyatlarni taqiqlash va ommaviy axborot vositalarini senzura qilishni ko‘zda tutgandi. Janubiy Koreya, Osiyoning to‘rtinchi yirik iqtisodiyotiga ega va AQShning muhim ittifoqchisi hisoblanadi.

Qurollangan harbiylar Seuldagi milliy majlis binosiga zo‘rlik bilan kirib bordilar ammo majlis xodimlari ularning bu harakatiga o‘t o‘chirish vositalari orqali monelik qildi. Deputatlar harbiy holat qarorini rad etdi, tashqarida esa namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashdi.

Chorshanba kuni kechqurun, fuqarolik jamiyati va ishchi guruhlari Seul shahar markazida sham yoqish orqali namoyish uyushtirdi va unda Yunning iste’fosini talab qildilar. Bu norozilik namoyishi 2017 - yili sobiq prezident Pak Kin Xening lavozimidan chetlashtirilishiga yo‘l ochgan keng ko‘lamli namoyishlarni yodga soldi. Guruhlar keyinchalik, prezidentlik ofisi tomon yurish qildilar.

Oltita janubiy koreyalik muxolif partiya Yunni lavozimidan chetlashtirish uchun parlamentga qonun loyihasini taqdim etdi. Yun usiz ham muxoliflar bilan o‘z partiyasining avtoritar rahbarlik qilayotgani to‘g‘risidagi ayiblovlariga ma’ruz qolgandi. Ovoz berish ishlari juma yoki shanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qonun loyihasini rasmiy ravishda taqdim etish uchun umumiy majlis chorshanba kuni yarim kechasidan keyin (1500 GMT) boshlashi kutilmoqda.

«Noqonuniy harbiy holatni ko‘rmaslikka ololmasdik», - degan Demokratik partiya deputati Kim Yong - min jurnalistlarga bergan bayonotida: «Bundan buyon demokratiyaning cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaymiz», - dedi.

Yunning hokimiyatdagi Xalq kuchi partiyasi rahbari, Mudofaa vaziri Kim Yong - hyunni lavozimidan chetlashtirish va butun hukumat iste’fosini talab qildi. Mudofaa vazirligi, Kim, iste’foga chiqishni taklif qilganini bildirdi.

Inqiroz, global moliya bozorlarini larzaga soldi va Janubiy Koreyaning KOSPI indeksini 1,4 foizga tushirdi. Bu, yil boshidan beri kuzatilgan yo‘qotishlarni 7 foizdan ham oshirish orqali KOSPIni Osiyoning bu yilgi eng yomon ko‘rsatkichga ega yirik birja indeksiga aylantirdi.

Von barqaror qolish bilan birga oxirgi ikki yilning eng past darajasiga yaqin edi. Dilerlar, janubiy koreyalik rasmiylarning aralashuvi haqidagi shubhalarini ifoda etdi. Bu holat, Moliya vaziri Choy Sang - mok bilan Janubiy Koreya Markaziy banki rahbari Ri Chang - yong o‘rtasida kechasi bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng yuz berdi.

Chorshanba kuni kechasi Choy, global moliya rahbarlari va kredit reyting agentliklariga favqulodda holat ustidan xabar yubordi. Moliya vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, xabarda, bozorning odatiy tarzda ishlayotgani va vazirlik siyosiy tartibsizlikdan kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan salbiy ta’sirlarni yumshatish uchun ishlayotgani ta’kidlandi.

Aniq tahdid yoq

Yun seshanba kuni kechasi televideniye orqali qilgan murojatida, harbiy holatning mamlakatni Shimoliy Koreya tarafdori bo‘lgan kuchlardan asrash va erkin konstitutsion tartibni himoya qilish uchun zarur ekanini qayd etdi. Ammo, aniq bir tahdid kuzatilmadi.

Bir necha soat ichida Janubiy Koreya parlamentning 300 nafar a’zosidan 190 nafari ishtirok etgan majlisda, harbiy holatni bekor qilish uchun bir ovozdan qaror qabul qildi. Unda, Yun partiyasidan 18 nafar a’zo ishtirok etdi.

Prezident, harbiy holat e’lon qilinganidan taxminan olti soat keyin bu qarorni bekor qildi.

Milliy majlis oldidagi namoyishchilar shiorlar aytib, qarsaklar bilan norozilik bildirdilar. Shu bilan birga «G‘alaba qozondik!» - degan qichqirdilarga namoyishchilardan biri nog‘ora chalish orqali hamrohlik qildi.

«Vaziyat, favqulodda harbiy holat e’lon qilishga arzigulik emas edi va mazkur holat protseduralari ham bajarilmagani haqida turli fikrlar bor ammo bu butunlay konstitutsion doirada amalga oshirildi», - dedi janubiy koreyalik oliy darajali rasmiylardan biri telefon orqali bergan bayonotida.

Shimoliy Koreyadan Janubda sodir bo‘lgan bu dramaga hali hanuz hech qanday munosabat bildirilmadi.

Yun, qo‘llab – quvvatlash darajasining pasayishi bilan tanqidchilarini «kommunistik totalitar va davlatga qarshi kuchlar» deb atadi va janubiy koreyaliklar orasida norozilik tug‘dirdi.  Noyabr oyida esa o‘ziga va turmush o‘rtog‘iga nisbatan qo‘yilgan iddaolarni red etib, kasaba uyushmalariga qarshi qattiq munosabat bildirdi.

Seul shahri haftaning chorshanba kuni asosan odatdagidek edi; poyezdlar bilan ko‘chalar ham har doimgidek tiqin edi.

Biroq Hyundai Motor ishchi kasaba uyushmasi, payshanba va juma kunlari ish tashlashni rejalashtirganini e’lon qildi. Naver Corp bilan LG Electronics Inc kabi ba’zi yirik ish beruvchilar, xodimlariga uydan ishlashni maslahat berdilar.

Yirik janubiy koreyalik supermarket tarmog‘i konservalangan oziq - ovqat, tayyor lag‘mon va butilkadagi suv sotuvlarini bir kechada orttirganini bildirdi, ammo anonim qolishni afzal ko‘rdi.

«Bunday vaziyat meni ancha bezovta qilmoqda va mamlakatning kelajagi uchun xavotirdaman». – dedi 39 yoshli seullik Kim Byong - in.

Deputatlarning uchdan ikki qismidan ko‘pi ijobiy tusda ovoz bergudek bo‘lsa unda milliy majlis prezidentni lavozimidan chetlashtirishi mumkin. Buni, konstitutsiyaviy sud to‘qqizta sudyasidan oltitasining ovozi bilan qarorni tasdiqlashi mumkin bo‘lgan sud jarayoni kuzatib boradi.

Yunning partiyasi, 300 o‘rinli majlisda 108 o‘ringa ega.

Xavfning oldi olindi

Agar Yun iste’fo bergan yoki lavozimidan chetlashtirilganida edi, Bosh vazir Xan Dak - su yangi saylovlar o‘tkazilgunga qadar 60 kun davomida mamlakatni boshqarish vazifasini o‘z zimmasiga olar edi.

«Bir xalq sifatida Janubiy Koreya xavfdan qutuldi ammo Prezident Yun o‘ziga - o‘zi qilgan bo‘lishi mumkin», - dedi Vashingtondagi Osiyo Jamiyati Siyosat Instituti rahbari o‘rinbosari Denni Rassel, Janubiy Koreyada 1980 - yildan beri ilk marta harbiy holat e’lon qilinishi haqida.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken, Yunning harbiy holat qarorini bekor qilishi borasidagi qarorini mamnuniyat bilan qarshi olganini bildirdi. «Siyosiy kelishmovchiliklar tinch yo‘l bilan va qonun qoidalari asosida hal etilishini kutishni davom etamiz», - dedi u bergan bayonotlaridan birida.

Janubiy Koreya 1950 - 1953 yillardagi Koreya urushidan meros sifatida taxminan 28,500 nafar amerikalik harbiy xizmatchilariga mezbonlik qilmoqda.

Ikki ittifoqchi o‘rtasida rejalashtirilgan mudofaa muzokaralari va qo‘shma harbiy mashqlar, ushbu inqirozning diplomatik oqibatlari tufayli kechiktirildi.

Xitoy Tashqi Ishlar vaziri Van Yi, Janubiy Koreyaning siyosiy vaziyati «ichki masala» ekanini qayd etdi. Rossiya esa Janubiy Koreyadagi «fojiali» voqealarni tashvish bilan kuzatayotganini bildirdi.

Yun tajribali prokuror sifatida, 2022 - yili Janubiy Koreya tarixidagi eng keskin prezidentlik saylovlarida zo‘rg‘a g‘alaba qozondi va turli muammolarga qarshi bildirilgan noroziliklardan foydalandi.

Biroq Yun, ommalashmagan lider sifatida uning qo‘llab - quvvatlash reytingi oylar davomida 20% atrofida qoldi va aprel oyidagi saylovlarda muxolifat parlamentdagi o‘rinlarning deyarli uchdan ikki qismini qo‘lga kiritdi.

Janubiy Koreya 1948 - yili respublika sifatida tashkil topganidan beri harbiy holat o‘n ikki martadan ortiq e’lon qilindi. 1980 - yili, bir guruh harbiy amaldorlar, o‘sha paytdagi Prezident Choy Kyu - hani demokratik hukumatni qayta tiklash talablarini bostirish niyatida harbiy holat e’lon qilishga majburladi.

 

 

 

TRT Global'ni nazar soling. Fikringizni bildiring!
Contact us