DUNYO
1 daqiqa o'qish
BMT: Joriy yilning mart oyidan beri G‘azoda taxminan 600 nafar yosh bola o‘ldirildi
UNRWA ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azodagi insoniy inqiroz 2023 - yilning oktabridan beri eng og‘ir kunlarini boshdan kechirayotgandek.
BMT: Joriy yilning mart oyidan beri G‘azoda taxminan 600 nafar yosh bola o‘ldirildi
21 апрел 2025

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNRWA), o‘tgan oydan beri G‘azodagi Isroil hujumlari oqibatida taxminan 600 nafar yosh bola halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Dushanba kuni BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) tomonidan berilgan ma’lumotlarga e’tibor qaratgan UNRWA, Isroilning 18 - mart kuni takror boshlatgan hujumlari oqibatida 1,600 nafardan ortiq yosh bola tan jarohati olganini o‘z so‘ziga ilova etdi.  

UNWRA, «G‘azodagi insoniy inqiroz 2023 - yilning oktabridan beri eng og‘ir kunlarini boshdan kechirayotgandek», - dedi.

Joriy yilning 18 - mart kuni G‘azoga qarshi o‘limli hujumlarini qayta boshlagan Isroil armiyasi, ana shundan beri 1864 nafar inson umriga, 4900 nafar insonning esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi. Bu hujumlar yanvar oyida kuchga kirgan sulh va mahbuslar almashinuvi kelishuviga qaramay davom etmoqda.

2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroilning G‘azoda uyushtirgan shafqatsiz hujumlari oqibatida falastinlik jami 51,200 nafardan ortiq inson halok bo‘ldi. Eng yomoni, ularning ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat.

O‘tgan yilning noyabr oyida Xalqaro Jinoyat sudi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning sobiq Mudofaa vaziri Yoav Gallantga qarshi G‘azodagi urush va insoniyatga qarshi qo‘l urgan jinoyatlari uchun hibsga olish orderlarini chiqargan edi.

Shuningdek, Isroil G‘azodagi urushi tufayli Xalqaro sudda genotsid ishi bo‘yicha javobgarlikka tortilmoqda.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us