DUNYO
2 daqiqa o'qish
G‘azoda oxirgi 24 soat ichida ochlikdan falastinlik 15 kishi halok bo‘ldi
Oxirgi 15 kishi bilan birgalikda G‘azoda ochlikdan o‘lgan falastinliklar soni 101 nafarga yetdi.
G‘azoda oxirgi 24 soat ichida ochlikdan falastinlik 15 kishi halok bo‘ldi
16 соат олдин

Gazodagi Falastin Sogliqni saqlash vazirligi seshanba kuni qamal ostidagi mintaqada oxirgi 24 soat ichida ochlikdan kamida 15 kishi jon bergani, ulardan 4 nafari yosh bola ekanini qayd etdi.

Oxirgi o‘limlar bilan birgalikda 2023 – yilning oktabr oyidan beri ochlikdan jon bergan falastinliklar soni 101 nafarga yetar ekan, ulardan 80 nafari yosh bola ekani aniqlandi.  

Falastinlik faollar o‘tgan hafta davomida ochlikdan kochalarda xushidan ketgan insonlar haqida ma’lumot bo‘lishdi. Gazoda turib ma’lumot bo‘lishgan muxbirlar ham shunga oxshash holatlarga guvoh bolganliklari va shaxsan o‘zlari ham xuddi shunday ochlik oqibatlarini boshdan kechirganliklarini tasdiqlashdi.

Joriy yilning 2 - martidan beri Isroil G‘azoga kiruvchi yo‘llarning hammasini bekitdi. Kamiga oziq - ovqat, dori - darmon va insonparvarlik yordam oqimini to‘xtatdi.

G‘azodagi hukumat Matbuot xizmati bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 650 ming nafar yosh bola ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik yuzasidan xavf ostida. Bundan tashqari, taxminan 60 ming nafar homilador ayol oziq - ovqat va asosiy tibbiy yordam yetishmasligi tufayli jiddiy ravishda tahlikada.

Eslatib o‘tamiz:

2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil G‘azoda 59 mingdan nafardan ortiq falastinlik umriga zomin bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat. Harbiy hujumlar hududni yer bilan yakson qilar ekan, bu holat tibbiy tizimining qulashi va jiddiy oziq - ovqat tanqisligiga yo‘l ochdi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us