IQTISODIYOT
3 daqiqa o'qish
Zelenskiy AQSh bilan mineral resurslar ustidan tuzilgan shartnoma haqida gapirdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, AQSh bilan imzolangan yangi mineral resurslari to‘g‘risidagi shartnoma har ikki mamlakat uchun ham foydali bo‘lishini ta’kidladi.
Zelenskiy AQSh bilan mineral resurslar ustidan tuzilgan shartnoma haqida gapirdi
“This mineral resources deal is beneficial for both sides,” he told journalists on Saturday in Kiev. / Reuters
4 май 2025

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari ortidan tuzilgan yangi AQSh - Ukraina mineral resurslari shartnomasini iqtisodiy jihatdan yutuqqa erishish loyihasi sifatida baholadi.

Qayd etilishicha mazkur shartnoma, muhim havo mudofaa tizimlarining Ukrainaga transfer qilinishini kafolatlaydi va eng muhimi strategik aloqalarni chuqurlashtirish ehtimoli yuqori.

Kecha 3 – may haftaning shanba kuni poytaxt Kiyevda jurnalistlarga bayonot bergan Zelenskiy, yuqorida nomi tilga olingan shartnoma mineral resurslarni qazib olish va ularni qayta ishlash uchun qo‘shma investitsiya mablag‘i tashkil etishni ko‘zda tutishini ma’lum qildi. Ukraina bu orqali o‘z bozorini Amerika investitsiyalariga ochgani va uzoq muddatli iqtisodiy hamda xavfsizlik hamkorlikni taqdim etganini ifoda etgan Zelenskiy: «Bu mineral resurslari shartnomasi har ikki tomon uchun ham foydalidir», - dedi.

Zelenskiyning bayonotlariga o‘rin bergan Interfax - Ukraina xabariga ko‘ra Zelenskiy Donald Trampga Ukraina hay’ati konstruktiv tarzda qadam tashlashi va nomi tilga olingan shartnoma imzolanishi uchun aniq sana belgilashga harakat qilishlariga ishonchi komil ekanini bildirgan.

Mablag‘ AQSh investitsiyalarini himoya qilishi va Ukrainaning iqtisodiy kelajagiga bo‘lgan ishonchini oshirishini ifoda etgan Zelenskiy: «Ayniqsa, havo mudofaa tizimlari bilan hududlarimiz va xalqimizni himoya qilish niyatidamiz. Shu bois ham bu tizimlar shartnomaning bir qismiga aylanishiga tayyormiz», - degan ifodalarga o‘rin bergan.

Kiyev yetakchiligi, ehtiyoj tug‘ilgan havo mudofaa tizimlari sonini Vashington bilan bo‘lishgan va Zelenskiyga ko‘ra Tramp nomi tilga olingan talab ustida ish olib borishga tayyor.  

Zelenskiy: «Bunday narsalar bepul emas», - degan holda AQShda ishlab chiqarilgan qurollarni sotib olish imkoniyati bo‘yicha murojaat qildi.

Eng yaxshi xavfsizlik kafolati

Zelenskiy, AQSh Kongressi 2025 va 2026 yil uchun alohida – alohida tasdiqlagan jami 30 milliard dollarlik harbiy yordam paketga ham e’tibor qaratdi. Bu yordamlar, mavjud moliyalashtirish doirasida 2025 - yilga ko‘chirilib Ukrainaga ertaroq yetkazib berilishi mumkinligini ifoda etdi. Ukrainaning bu mablag‘larni esa vaqt o‘tishi bilan bosqichma - bosqich qaytarib to‘lashini ta’kidladi.

«Bu AQShning 30 milliard dollarlik hissasi hisoblanadi va Ukraina o‘z ulushini bosqichma - bosqich qaytaradi. Muhokama qilinayotgan shartnoma shudir», - dedi.

Nomi tilga olingan shartnomani tarixiy deb baholagan Zelenskiy, uning Ukraina iqtisodiyotiga qayta investitsiya kiritish imkoni bergani va xom ashyo eksportidan tashqari uzoq muddatli hamkorlikni ko‘zda tutganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Har ikki tomon ham kelishib olgudek bo‘lsa unda qo‘lga kiritilgan foydalar keyinchalik Ukraina infratuzilmasini qo‘llab - quvvatlashi mumkinligini bildirdi.

Xom ashyolar AQShga boj to‘lovisiz eksport qilinishini ta’kidlar ekan, Ukrainada qo‘shimcha qiymatli ishlab chiqarishga o‘tish istagi borligi qayd etildi. Strategik mineral resurslari sohalaridan biri, Rossiya bilan urush olib borilgan jabha chegarasiga yaqin bo‘lgan Donetskdagi Pokrovsk hududida ekani ma’lum qilindi.

Zelenskiy: «Amerika kompaniyalari uchun bu mineral resurslari shartnomasi hozirda mavjud eng yaxshi xavfsizlik kafolatidir». – der ekan Trampning Zelenskiyga aytgan «Bu jiddiy kafolatdir. Eng muhimi endi Rossiya Ukrainaga tega olmaydı chunki bundan buyon biz sherikmiz», - degan so‘zlariga e’tibor qaratdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida shuningdek, AQShning Rossiyaga nisbatan yo‘lga qo‘ygan sanksiyalarini kengaytirish masalasini kun tartibiga olib chqqani va Amerika prezidentining javobini «kuchli» deb baholaganini ammo batafsil ma’lumot bermasligini ma’lum qildi.

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us