Suriyaning «SANA» axborot agentligi xabariga ko‘ra yakshanba kuni Suriya sharqida joylashgan politsiya bo‘limi yaqinida bir portlash sodir bo‘lgan va oqibati uch nafar politsiya xodimi umriga, ikki kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘lgan.
«SANA» axborot agentligi mavzu haqida: «Bugun Dayr az -Zorning sharqida joylashgan Meyadin shahridagi politsiya bo‘limi yaqinida sodir bo‘lgan portlashda uch nafar politsiya xodimi halok bo‘lar ekan, ikki kishi tan jarohati oldi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Meyadin shahri rahbari Xalil Abdulmonaym al – Ayyub esa mavzu haqida:
«Bugun soat 19:13 da (GMT bo‘yicha 16:03) Meyadin politsiya bo‘limi yaqinida bir portlash yuz berdi», - dedi.
Unda shuningdek: «Dastlabki tergov va voqea joyidagi tekshiruvlar tamomlandi. Natijada portlash bir transport bombasi yuzasidan sodir bo‘lgani va oqibati Umumiy xavfsizlik bo‘limidan uch kishi umriga, bir necha kishining esa sog‘ligiga zomin bo‘lganidan xabar bermoqda» - deyildi.
Portlashda jami besh kishi halok bo‘lganini iddao etgan ma’lumotlar ham tarqaldi.
Urushni kuzatuvchi manbalarga ko‘ra portlash mamlakatning yangi politsiya kuchi hisoblangan Umumiy xavfsizlik tomonidan Meyadinda boshlatilgan xavfsizlik amaliyoti chog‘ida qayd etilgan.