DUNYO
4 daqiqa o'qish
AQSh Oliy sudi Trampning ommaviy deportatsiya dasturini to‘xtatdi
Sud, Chet ellik dushmanlar to‘g‘risidagi qonun asosida venesuelalik yana bir muhojirlar guruhi sud qaroriga qaramay deportatsiya qilinishiga monelik qildi.
AQSh Oliy sudi Trampning ommaviy deportatsiya dasturini to‘xtatdi
21 апрел 2025

AQSh Oliy sudi shanba kuni kechasi kutilmagan qaror qabul qildi. Ushbu qaror asosida, Prezident Donald Trampning mart oyida venesuelalik muhojirlarni sud qaroriga qaramay deportatsiya qilish uchun foydalangan dasturini vaqtincha to‘xtatdi.

Favqulodda qaror ikki qisqa paragrafda e’lon qilindi va to‘qqiz nafar sudyadan eng konservativ ko‘z qarashdagi ikki nafari bunga qarshi ovoz bergani qayd etildi.

Bu qaror, hukumatning, 1798 - yili qabul qilingan Chet ellik dushmanlar to‘g‘risidagi qonun asosida muhojirlarni ommaviy ravishda deportatsiya qilish sa’y - harakatiga monelik qilmoqda. Mazkur qaror oxirgi marotaba Ikkinchi Jahon urushi paytida asli yapon bo‘lgan Amerika fuqarolarini konslagerlardan mahrum qilish niyatida foydalanilgan.

Tramp o‘tgan oyda xuddi shu qonun asosida venesuelaliklarni El - Salvadorga yuborib, u yerdagi yomon sharoiti bilan tanilgan qamoqxonaga joylashtirilishiga sabab bo‘lgandi. Oliy sud, yana bir venesuelalik guruhning yuqorida nomi tilga olingan qonun asosida deportatsiya qilinmasligi uchun zudlik bilan chora ko‘rdi. Hatto bu orqali, muhojirlarga o‘zlarini himoya qilish haqqi ham berilgan bo‘ldi.

Sud mavzu haqidagi qarorida: «Hukumatdan, navbatdagi buyruq berilgunga qadar nazorat ostidagilarning birontasi ham AQShdan chiqarilmasligi talab qilinadi», - deyildi.

Tramp deportatsiya dasturlari va Salvadordagi insonlarning qamoqxonada ushlab turilishi haqidagi jarayonlarni, AQSh hukumati tomonidan terror tashkiloti sifatida tan olingan venesuelalik jinoyat to‘dalariga qarshi kuchli va qarorli qadamlar tashlanishi kerak degan so‘zlar bilan ochiqlamoqda. U bu yondashuvi orqali xavfsizlikka tahdid soluvchi guruhlarga qarshi qattiq choralar ko‘rish muqarrar ekanini ta’kidlamoqda.

Ammo bu siyosat Trampni AQSh konstitutsiyasini e’tiborsiz qoldirayotganlikda ayblayotgan muxolifatning noroziligini kuchaytirmoqda. Chet ellik dushmanlar to‘g‘risidagi qonun atrofidagi bahs Tramp ma’muriyatining yirik yuridik firmalar, Garvard va boshqa universitetlar bilan yirik mustaqil ommaviy axborot vositalariga qarshi qattiq bosimlari paytida kun taritibiga olib chiqildi.

Juma kuni rejalashtirilgan deportatsiyalarni to‘xtatish uchun yetakchilik qilgan Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi (ACLU), Oliy sud qarorini xursandchilik bilan qarshi oldi.

«Bu insonlar sud oldida o‘zlarini himoya qilish imkonidan ham mahrum bo‘lgan holda o‘z hayotlarini chet eldagi qo‘rqinchli qamoqxonada o‘tkazish xavfi ostida edi. Oliy sud, hukumat tomonidan o‘tgan oyda bo‘lganidek jadal tusda deportatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaganidan xursandmiz», - dedi bosh advokat Lee Gelernt.

Tatuirovkalar va huquqiy jarayon

Tramp o‘tgan yilning noyabr oyidagi saylovlar uchun olib borilgan kampaniyalar davomida bir necha bor «zo‘ravonlikka moyil muhojirlar bosqini» sifatida ifoda etilgan holatning oldini olishga va’da bergan edi.

Meksika chegarasiga qo‘shin yuborgan Donald Tramp, shuningdek, noqonuniy ravishda Meksika va Kanadaga o‘tishlarni to‘xtatish uchun yetarli darajada chora ko‘rilmayotganini iddao etgan holda boj soliqlarini joriy etdi. Bunga qo‘shimcha ravishda, «Tren de Aragua» va MS - 13 kabi narkojinoyatchi guruhlarni terrorchi tashkilotlar deb e’lon qildi.

Demokratlar bilan ba’zi nodavlat notijorat tashkilotlar Trampning muhojirlar siyosati konstitutsiyaviy huquqlarni jiddiy ravishda buzayotganini ta’kidlab, xavotir bildirmoqda. Tramp ma’muriyati tarixda faqat katta urushlar davrida (1812 - yilgi urush, Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari) qo‘llanilgan «Chet ellik dushmanlar to‘g‘risidagi qonun»ga tayangan holda harakat qilmoqda. Ushbu qonunga binoan, muhojirlar jinoiy guruh a’zosi degan ayb bilan hech qanday sud jarayonisiz to‘g‘ridan - to‘g‘ri El - Salvadorga deportatsiya qilinmoqda. Sud jarayoni chetlab o‘tilgani tufayli bu amaliyot qattiq tanqid qilinmoqda.

Bugungacha deportatsiya qilingan bir nechta venesuelalikning advokatlari, mijozlari, asosan tatuirovkalari asosida nishonga olinganini qayd etdi.

E’tiborni tortgan eng muhim misollardan biri, Merilend shtatida yashagan Kilmar Abrego Garcianing o‘tgan oyda hech qanday rasmiy ayblovsiz Salvadordagi yomon sharoiti bilan tanilgan mega - qamog‘xonaga deportatsiya qilinishi bo‘ldi. Tramp ma’muriyati bu voqeadan so‘ng bergan bayonotida, uning aslida kengroq deportatsiya amaliyotiga «ma’muriy xatolik» tufayli kiritilganini ta’kidladi. Bu holatdan so‘ng sud, Abrego Garcianing AQShga qaytishini qulaylashtiruvchi choralar ko‘rilishi kerak, degan qaror qabul qildi.

Ammo Tramp ana shundan beri ortga tisarilmadi va Abrego Garsia aslida jinoyatchi guruh a’zosi ekanini ta’kidlashni davom etdi. Juma kuni ijtimoiy tarmoqlarda Garcianing barmoqlarida «MS - 13» yozuvi aks etgan fotosurat bo‘lishildi. Qayd etilishicha, nomi tilga olingan fotosurat ustida o‘yin o‘ynalgandek.

Deportatsiya qilingan muhojirlarning ko‘pchiligi hozirda El - Salvador poytaxti San -Salvadorning janubi - sharqida joylashgan va 40,000 nafar mahbusga mo‘ljallangan Terrorizmni hibsga olish markazi (CECOT) mega - qamoqxonasidadir.

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us