DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQSH bilan Rossiya Ukraina va Yamandagi zarbalarni muhokama qildi
AQSh, kamida 20 kishi halok bo‘lgan Yaman poytaxti Sanaaga qarshi uyushtirilgan hujumlar haqida Rossiyaga ma'lumot berdi.
AQSH bilan Rossiya Ukraina va Yamandagi zarbalarni muhokama qildi
/ Reuters
16 март 2025

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov, Ukraina urushini to‘xtatish muzokaralarining keyingi bosqichi masalasi ustidan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlat departamenti rasmiy vakili Tammy Bruce ma’lumotiga ko‘ra, yuqori darajadagi diplomatlar shanba kuni AQSh bilan Rossiya o‘rtasidagi muloqotni tiklash yo‘lida ishlashni davom ettirishga kelishib oldilar.

Bayonotda, Saudiya Arabistoni mezbonligida o‘tkazilgan AQSh - Rossiya muzokaralarining navbatdagi bosqichi qachon boshlanishi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Rubio, shuningdek, Lavrovga Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar haqida ma’lumot berdi. Shu doirada, AQSh kuchlari Yamandagi husiylarga qarshi halokatli zarbalar uyushtirgani ta’kidlandi.

AQSh Yamanga qarshi havodan hujum uyushtirish orqali kamida 20 kishi umriga zomin bo‘ldi.

Prezident Donald Tramp esa, guruhni, Qizil dengizdagi kemalarga qarshi hujum uyushtirmaslikka chaqirdi. Va hatto, bu borada keskin ogohlantirdi.

Prezident Donald Tramp bilan Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi so‘nggi tarangliklarga qaramay, Kiyev, Moskva sharqiy Ukrainadagi hujumlarini to‘xtatsa AQSh orqali yo‘lga qo‘yilgan 30 kunlik shartsiz sulhni tamoyil sifatida qabul qilishga rozi bo‘ldi.

Ammo Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin hech qanday sulhni qabul qilmadi, aksincha, Ukraina bilan AQSh kelishuvlarida qayd etilganidan farqli shartlar qo‘ydi.

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us