Pekin shahrida kuchli yomg'irlar natijasida 30 kishi halok bo'ldi, deb xabar berdi rasmiy Xinhua axborot agentligi.
Dushanba kuni Pekin va unga yaqin viloyatlarda kuchli yomg'irlar davom etdi. Xinhua axborotiga ko'ra, bu "uzluksiz ekstremal yomg'ir" davrida poytaxtning shimoliy tumanlarida 543,4 mm gacha yog'ingarchilik kuzatilgan.
Halok bo'lganlar asosan Pekinning tog'li shimoliy hududlarida qayd etilgan, jumladan, 28 kishi Miyun tumanida va 2 kishi Yanqing tumanida vafot etgan.
Shuningdek, kuchli yomg'irlar sababli Pekinda 80,322 nafar aholi xavfsiz joylarga ko'chirildi, deb xabar berdi Xinhua.
Dushanba kuni kechqurun Xitoy Prezidenti Si Szinpin "halokatlarni kamaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib, qidiruv va qutqaruv ishlarini amalga oshirish" bo'yicha ko'rsatma berdi.
Xinhua xabariga ko'ra, so'nggi suv toshqinlari va tabiiy ofatlar Pekin, Xebey, Jilin va Shandong kabi hududlarda "jiddiy talafotlar va moliyaviy yo'qotishlar" keltirib chiqargan.