Hindiston Kashmirdagi bosqinlarini davom ettirar ekan, mahalliy aholi, xavfsizlik kuchlari tomonidan qamoqdagi isyonchilardan birining ukasi sahnalashtirilgan to‘qnashuvda o‘ldirilganini iddao etdi.
Hindiston nazoratidagi Kashmirda hind xavfsizlik kuchlari kashmirlik isyonchilarga oid ekani iddao etilgan kamida 9 ta uyni yer bilan yakson qildi.
Shanba kuni turli mahalliy gazetalar Hindiston armiyasi tomonidan Srinagar shahrida uyushtirilgan bosqinlar davomida kamida 9 ta uy yer bilan yakson qilingani haqidagi tasvirlarni o‘z ichiga olgan videolavha tarqatdi. Hind politsiyasi butun mintaqada keng ko‘lamli qidiruv va qamal ostiga olish amaliyotlari boshlatgani haqida ma’lumot bo‘lishar ekan, Srinagarda yashagan Hindistonning turli qamoqxonalarida ushlab turilgan insonlarga oid kamida 63 ta uyga bosqin uyushtirdi.
Bosqin avj olgan Kashmir bo‘ylab 1500 nafardan ortiq inson nazorat ostiga olindi.
«The Indian Express» gazetasining xabar berishicha, Bandipora tumanida kashmirlik isyonchilardan birining ukasi umriga zomin bo‘lishi ortidan namoyishlar avj olgani bildirildi. Mahalliy aholi bu voqeani «ataylab uyushtirilgan to‘qnashuv», - sifatida baholar ekan, hind armiyasi o‘ldirilgan kishi jangchi ekanini iddao etdi.
Hind politsiyasi bu hafta Hindiston nazoratidagi Kashmirning Anantnag tumanida kim ekani noma’lum qurolli shaxslar tomonidan 26 kishining o‘ldirilishi ortidan 175 kishini nazorat ostiga oldi.
Bu hujum yadro quroliga ega bo‘lgan ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi taranglikni battar kuchaytirar ekan shu bilan birga mazkur hujum «Chegaradan tashqarida kim yoki kimlardir tomonidan qo‘llab - quvvatlanmoqda» degan shubha bilan Hindistonning qattiq javob qaytarishiga yo‘l ochdi. Shu doirada Indus suv kelishuvi keyingiga qoldiridli. Bunga qo‘shimcha ravishda pokistonlik diplomatlar deportatsiya qilinib, ommaviy axborot vositalari ustidagi nazoratlar kuchaytirildi.
Islomobod bu ayblovlarni qat’iyan rad etib, u ham hind diplomatlarini deportatsiya qildi. Ayni vaqtda Hindiston fuqarolariga viza berish ishlarini to‘xtatdi. Bunga qo‘shimcha ravishda havo sohasini bekitib, uchinchi o‘lkalar orqali yo‘lga qo‘yilgan savdo - sotiq to‘xtatildi.
Pokiston Hindistonning Indus suv shartnomasi bo‘yicha suv oqimini to‘sish yoki yo‘naltirishga urinishini «urush harakati» deb baholashini ta’kidladi va bu shartnoma bir tomonlama to‘xtatilishi mumkin emasligini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Boshqa jihatdan, Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi «milliy xavfsizlikni taʼminlash» bahonasi bilan ommaviy axborot vositalariga nisbatan yangi tartib joriy qildi. Unga koʻra, mudofaa amaliyotlari yoki xavfsizlik kuchlari harakatlari haqida jonli efir orqali ma’lumot tarqatish taqiqlanadi. Vazirlikning aytishicha, bu qadam xavfsizlik amaliyotlarining samaradorligini saqlab qolish va mumkin boʻlgan tahdidlarning oldini olish maqsadida qoʻllanilmoqda.
Kashmir, Hindiston bilan Pokiston o‘rtasidagi nizoning qoq markazida o‘rin olgan. Ikkala davlat ham uni to‘liq o‘z hududi ekanini iddao etar ekan, bunga qarshi faqatgina bir qismini boshqara olmoqdalar.