Turkiya prezidenti Turk dunyosi Shimoliy Kipr Turk Respublikasini Turk davlatlari tashkilotiga qo‘shmasdan “to‘liq” bo‘lmasligini ta’kidladi.
“Bizning fikrimizcha, Turk dunyosi oilaviy surati Shimoliy Kipr Turk Respublikasi ishtirokisiz har doim to‘liq bo‘lmaydi,” dedi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an chorshanba kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda o‘tkazilgan Turk davlatlari tashkiloti norasmiy sammitida.
2022-yil noyabr oyida Samarqand sammitida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkilotning kuzatuvchi a’zosi maqomini olgan edi.
Erdo‘g‘an Sharq va G‘arbni bog‘lovchi asosiy yo‘nalish sifatida “O‘rta yo’lak”ni ta’kidlab, uning muvaffaqiyati uchun Turk davlatlari tashkiloti doirasida kuchliroq hamkorlik qilishga chaqirdi.
Hududiy mojarolar haqida gapirar ekan, u shunday dedi: “Kipr, Qorabog‘, Bosniya va bugungi kunda G‘azoda sodir bo‘lgan fojialar bizga chegaralarimizdan tashqarida nima borligini ham o‘ylashimiz kerakligini eslatadi.”
Ukrainadagi davom etayotgan urush haqida gapirar ekan, Erdo‘g‘an shunday dedi: “Biz har ikki davlat (Rossiya va Ukraina) bilan keng qamrovli sulh va adolatli tinchlikka erishish yo‘lida faol muloqotlarimizni davom ettiramiz.”