Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron telefon orqali muloqot qildi va unda G‘azodagi kuchayib borayotgan insoniy inqiroz bilan mintaqadagi tinchlik istiqbollari qo‘lga olindi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidentlik apparati Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Erdo‘g‘an G‘azodagi og‘ir vaziyatdan jiddiy xavotirda ekanini ifoda etib, xalqaro hamjamiyatni tezlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi.
«G‘azodagi insoniy vaziyat tobora yomonlashib bormoqda», - degan Erdo‘g‘an xalqaro hamjamiyatni tezlik bilan chora ko‘rishga chariqdi.
Erdo‘g‘an so‘zlari davomida Isroil - Falastin o‘rtasidagi urushni uzoq muddatli hal qilish zarurligini yana bir bor ta’kidlagan holda «Isroil bilan Falastin o‘rtasidagi urush tugashi kerak va mintaqada butunlay tinchlik o‘rnatish uchun muammo ikki davlat asosida hal qilinishi shart», - dedi.
Turk lider ushbu suhbat davomida Fransiyaning yaqinda Falastinni davlat sifatida tan olish qarorini xursandchilik bilan qarshi olganliklarini ifoda etdi va ushbu qarori uchun Makronni tabrikladi. Fransiyaning bu qarori, Falastinni qo‘llab - quvvatlagan dunyodagi boshqa davlatlar tomonidan ham iliq kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz:
Makron payshanba kuni sentabr oyida Parijda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida Falastinni rasmiy ravishda tan olishini e’lon qilgandi.
Fransiya G - 7 tarkibidagi davlatlar orasida Falastin davlatini tan olgan birinchi davlatga aylanadi. Bugungi kungacha BMTga a’zo 193 davlatdan 147 tasi rasmiy ravishda Falastin davlatini tan oldi.
Fransiya Tashqi Ishlar vazirligi «X» ijtimoiy tarmog‘i orqali bergan bayonotida, «Fransiya Falastin davlatini tan olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda Isroil davlatining Fransiya tomonidan 1949 - yilning 24 - yanvarida tan olganini yodga olaylik», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Bu qaror, 2023 - yilning 7 - oktabridan beri Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan shafqatsiz hujumlariga qarshi qabul qilindi. Isroil hujumlari oqibatida falastinlik 60 ming nafardan ortiq inson jon berdi. Eng yomoni, ularning ko‘pchilig ayollar va yosh bolalardan iborat.