DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil bugungacha G‘azoda 225 nafar jurnalist umriga zomin bo‘ldi
Isroil oxirgi hujumida yana 3 nafar jurnalist umriga zomin bo‘ldi. Bu orqali bugungacha G‘azoda 225 nafar jurnalist Isroil hujumi yuzasidan halok bo‘lgani qayd etilmoqda.
Isroil bugungacha G‘azoda 225 nafar jurnalist umriga zomin bo‘ldi
16 соат олдин

Anadolu agentligining tibbiy manbalarga tayangan ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning Gazo shahridagi qonli hujumi oqibatida falastinlik yana 3 nafar jurnalist halok boldi.

Ularning Sulaymon Hajjoj, Ismoil Badah va Somir al - Rifoiy ekani aniqlandi.

Jurnalistlar, Isroilga oid insonsiz havo transportlarining G‘azo shahridagi al - Ahli shifoxonasi hovlisiga qarshi uyushtirilgan hujumida halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan tashqari ko‘plab jurnalist ham tan jarohati oldi.

Bu voqea bilan Isroil tomonidan G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlarning umumiy soni 225 nafarga yetdi.

Falastin Inson Huquqlari markazi buning 1992 - yildan beri bitta mojaroda eng ko‘p halok bo‘lgan jurnalistlar ekanini tasdiqladi.

Jurnalistlar o‘z kasblarini nafaqat xavfli, balki jonli efirda yonib o‘lish sifatida ham ta’riflamoqdalar.

G‘azodagi Falastin hukumati Matbuot xizmati xodimlari kamida 409 nafar ommaviy axborot vositasi xodimi tan jarohati olgani, 48 nafari hibsga olingani va 21 nafar nufuzli ijtimoiy media jurnalisti halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ofis shuningdek, 28 nafar jurnalistning oilasi butunlay vayron bo‘lgani va ommaviy axborot vositasi xodimlariga oid 44 ta uy ziyon ko‘rgani yoki butunlay yoqib yuborilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.  

 

 

TRT Globalni kuzatib boring. Fikr-mulohazalaringizni baham ko'ring!
Contact us