Pokiston armiyasi Yangi Delhini ochiq – oydin ig‘vogarchilik yo‘li orqali takror – takror havo sohasini buzganlikda ayblab, tuni bo‘yi 12 ta Hindiston insonsiz havo transporti urib tushirilganini ma’lum qildi.
Harbiy matbuot xizmati kotibi general - mayor Ahmad Sharif Chaudhry payshanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida Isroilda ishlab chiqarilgan va «Harop» rusumidagi insonsiz havo transportlari turli hududlarda, ayniqsa Karachi va Lahor kabi yirik shahar markazlari yaqinida qulatilganini ma’lum qildi.
Hindiston oxirgi o‘n yil ichida Isroildan radarlar, kuzatuv va harbiy insonsiz havo raketalari doxil 2,9 milliard dollar qiymatida harbiy uskunalar import qildi.
Pokiston armiyasi matbuot xizmati kotibi matbuot anjumanlaridan birida: «Karachi va Lahor shahar chegaralari doxil barcha ta’sir nuqtalaridan parchalar yig‘ilmoqda», - dedi.
Armiya, Hindiston haligacha insonsiz havo transportlari orqali havo sohasini paymol qilishni davom etayotgani ammo Pokiston ularni birin - ketin yo‘q qilyotganini ifoda etdi.
Sharif, «Hindiston ig‘vogar tusdagi bu harakatlarining badalini og‘ir to‘laydi, to‘lashni ham davom etadi», - dedi.
Armiya, Hindistonning nomi tilga olingan paymollari oqibatida qurbonlar bor yoki yo‘qligi haqida vayronagarchiliklar to‘liq ko‘rib chiqilishi ortidangina ma’lumot bera olishini bildirdi.